Tikanlar, pixlar (hayvonlarda) — teri ustidagi uchli qattiq tuzilmalar. Asosan, himoya funksiyasini bajaradi. Gʻovaktanlilar tikani kremnozyomli, bir necha nurli boʻlib, tayanch skelet funksiyasini bajaradi. Ignaterililar tikani ohak ignalardan iborat. Suyakdor balikdarda T. — suzgich qanotning (asosan, chetlarida joylashgan) boʻgʻimlarga boʻlinmagan suyakli nurlari. Baʼzi sut emizuvchilar (yexidnalar, proyexidnalar, tipratikanlar, jayra va hokazo)ning shoxsimon T.i uchli va yoʻgʻon, koʻrinishi oʻzgargan tuklardan iborat.