Til tizimi — har qanday tabiiy tilning oʻzaro munosabatlar bilan bogʻlangan, muayyan birlik va butunlikni tashkil etuvchi lisoniy unsurlari majmui. Til tizimining har bir tarkibiyqismi alohida alohida emas, balki tizimning boshqa tarkibiy qismlariga qaramaqarshi qoʻyilgandagina mavjud boʻladi.

Til murakkab butunlik boʻlib, uning tarkibiy qismlari sifatida fonologik, leksik (semantik), morfologik, sintaktik va uslubiy (funksional) sathlar ajratiladi. Til tizim (butunlik) tabiatiga egaligi bois uning tarkibiy qismlari ham shunday xarakterda boʻladi.

Tilning tizim sifatida izoxlanishi F.de Sossyur, V.Gumboldt va boshqa tilshunoslarning asarlaridan boshlangan. Til tizimi haqidagi hozirgi zamon tasavvuri esa oʻz ichiga oʻzaro aloqador boʻlgan til sathlari, til birliklari, paradigmatik va sintagmatik munosabatlar, tilning belgilar tizimi ekanligi, tilda shakl hamda vazifa (funksiya), struktura va substansiya, tilning ichki va tashqi aloqalari, sinxroniya va diaxroniya, analiz va sintez, doimiylik va muvaqqatlik kabi tushunchalarni ham qamrab oladi.

Til tizimini tashkil etuvchi tarkibiy qismlar bir-birini taqozo etadi. Soʻzlar ishtirokida soʻz birikmasi, gaplar shakllanadi va nutq hosil boʻladi. Bunda grammatik qurilish vositalari (affiks, yordamchi soʻzlar, sintaktik vositalar) hamda soʻz tartibi, inversiya, suppletivizm, tavtologiya singari vositalar ham oʻziga xos ahamiyat kasb etadi. Til oʻta murakkab qurilishli ijtimoiy hodisa boʻlib, uning negizini tashkil etuvchi til birliklari tizimlari asosida til qurilishining oʻzaro bogʻliq bosqichlari ajratiladi; bu bosqichlarga xos birliklar tizimi tilshunoslikning turli sohalarida oʻrganiladi.

Adabiyot tahrir

  • Sossyur F. de, Trudi po yazikoznaniyu, M., 1977; Solnsev V.M., Yazik kak sistemnostrukturnoye obrazovaniye, 2izd., M., 1977.

Ilhom Madrahimov.