Tim Stützle (talaffuzi: Tim Shtutzle) (familiyasi muqobil ravishda Stuetzle shaklida ham yoziladi; 2002-yil 15-yanvarda tugʻilgan) — germaniyalik professional xokkeychi[1]. Tim Stützle hozirda Milliy xokkey ligasida „Ottawa Senators“ xokkey klubida faoliyat olib bormoqda. Tim Stützle 2020-yilgi NHL kirish loyihasida „Ottawa Senators“ xokkey klubi safiga uchinchi oʻrindagi tanlov asosida qabul qilingan edi.

Tim Stützle
Stützle, 2020-yilda
Tugʻilgan joyi 15-yanvar 2002-yil (2002-01-15) (22 yosh)
Viersen, Germaniya
Boʻyi 6 ft 0 in (183 cm)
Ogʻirligi 187 lb (85 kg; 13 st 5 lb)
Pozitsiyasi hujumchi
NHL
Sobiq jamoalar
Ottawa Senators
Adler Mannheim
Milliy jamoa  Germaniya
NHLga kirish drafti 3-oʻrindagi tanlov, 2020
Ottawa Senators
Jamoalardagi faoliyat 2017—hozirgacha

Oʻyin faoliyati tahrir

Stützle dastlab, „Krefelder EV 1981“ xokkey klubi jamosida xokkey oʻynay boshlagan. Tim Stützle 2015—2016-yilgi mavsumda jamoasining eng yaxshi toʻpurari boʻlgan. 2017—2018-yilgi mavsumda Tim Stützle „Jungadler Mannheim“ klubiga qoʻshidi.

Tim Stützle 2019-yil iyun oyida „Adler Mannheim“ xokkey klubi bilan uch yillik shartnoma imzoladi[2]. Tim Stützle ilk professional oʻyinini, 17 yoshida, 2019-yil 30-avgustda „Vienna Capitals“ xokkey klubiga qashi uchrashuvda oʻtkazdi.

2020-yil 6-oktyabrda Tim Stützle „Ottawa Senators“ xokkey klubi safiga 2020-yilgi NHLga kirish loyihasida uchinchi o‘rindagi tanlov asosida qabul qilindi[3]. 2020-yil 13-oktyabr kuni Germaniyadagi „Adler Mannheim“ xokkey klubi bilan bo‘lajak 2020—2021-yilgi mavsumga tayyorgarlik ko‘rishda Tim Stützlening qo‘li sinib, 6-8 haftaga safdan chiqishga majbur boʻldi[4].

2020-yil 27-dekabrda Tim Stützle „Ottawa Senators“ xokkey klubi bilan uch yillik boshlang‘ich darajadagi shartnoma imzoladi[5]. Tim Stützle NHLdagi birinchi golini 2021-yil 16-yanvarda „Toronto Maple Leafs“ xokkey klubiga qarshi uchrashuvda (3:2 hisobida magʻlubiyat) kiritdi[6].

2021-yil 2-mart kuni Tim Stützle Milliy xokkey ligasida o‘sha yilning fevral oyidagi oyning eng yaxshi xokkeychisi deb topildi[7].

2021-yil 8-may kuni Tim Stützle Milliy xokkey ligasi vakili „Winnipeg Jets“ klubiga qarshi oʻyinda o‘zining birinchi xet-trikini qayd etdi.

Tim Stützle oʻzining ikkinchi NHL mavsumida sezilarli darajada yaxshi oʻyin koʻrsatdi[8]. Tim Stützle 2022-yil 31-yanvarda „Edmonton Oilers“ klubi himoyachisi William Lagesson bilan jangjallashib qoldi[9].

2022-yil 7-sentyabrda Tim Stützle „Ottawa Senators“ xokkey klubi bilan sakkiz yillik 66,8 million dollarlik yangi shartnoma imzoladi[10]. Bu shartnoma Thomas Chabot bilan 2019-yilda imzolangan 64 million dollarlik shartnomasini ortda qoldirib, klubning franchayzing tarixidagi eng yirik shartnomaga aylandi.

Faoliyat statistikasi tahrir

Muntazam mavsum va pley-off oʻyinlari tahrir

Muntazam mavsum Pley-off oʻyinlari
Mavsum Klub Liga Oʻyin Gol Golli uzatma Ochko Penalti Oʻyin Gol Golli uzatma Ochko Penalti
2017—2018 Jungadler Mannheim DNL 25 18 29 47 8 5 4 4 8 2
2018—2019 Jungadler Mannheim DNL 21 23 32 55 30 5 4 7 11 4
2019-—2020 Adler Mannheim DEL 41 7 27 34 12
2020—2021 Ottawa Senators NHL 53 12 17 29 14
2021—2022 Ottawa Senators NHL 79 22 36 58 37
DEL jami 41 7 27 34 12
NHL yakunlari 132 34 53 87 51

Xalqaro tahrir

Yil Jamoa Tadbir Natija Oʻyin Gol Golli uzatma Ochko Penalti
2018 Germaniya U18-D1 12 5 1 3 4 2
2019 Germaniya U18-D1 11 5 2 7 9 12
2020 Germaniya WJC 9 5 0 5 5 2
2021 Germaniya WJC 6 5 5 5 10 8
2022 Germaniya WC 7 3 0 2 2 4
Oʻsmirlar safida 20 8 20 28 24
Kattalar safida 3 0 2 2 4

Manbalar tahrir

  1. Bell. „Weekly Prospect Report: Fagemo, Kravtsov, Stützle & More“. The Hockey Writers (2019-yil 21-oktyabr). Qaraldi: 2020-yil 7-yanvar.
  2. „Eagles Sign Tim Stützle“. Adler Mannheim. Qaraldi: 2020-yil 7-yanvar.
  3. „From Trebek to triple play, Senators perfectly execute franchise-changing night“. The Sports Network (2020-yil 6-oktyabr). Qaraldi: 2020-yil 6-oktyabr.
  4. „Sens' Stutzle to undergo hand surgery“. The Sports Network (2020-yil 13-oktyabr). Qaraldi: 2020-yil 13-oktyabr.
  5. „Senators sign forward Tim Stuetzle to a three-year, entry-level contract“. Ottawa Senators (2020-yil 27-dekabr). Qaraldi: 2020-yil 27-dekabr.
  6. „Thornton scores 1st goal for Toronto in win over Senators“. AP News (2021-yil 16-yanvar). — „Tim Stutzle scored his first NHL goal and Nick Paul also scored for Ottawa. The 19-year-old Stutzle, from Germany, was the third overall pick in last year.“. Qaraldi: 2021-yil 1-fevral.
  7. „Senators' Tim Stützle, Frontline Healthcare Hero Michèle Taché Named NHL 'Rookies of the Month' for February“. NHL Public Relations (2021-yil 2-mart). Qaraldi: 2021-yil 2-mart.
  8. „Weekend Senators wrap: Tim Stützle and Alex Formenton take a quantum leap forward to help create second line“. The Athletic (2022-yil 23-yanvar). Qaraldi: 2022-yil 26-yanvar.
  9. „Senators' Stutzle fights, scores OT winner in spectacular night vs. Oilers“ (en). Sportsnet.ca. Qaraldi: 2022-yil 8-fevral.
  10. „Stutzle signs eight-year, $66.8 million contract with Senators“. nhl.com (2022-yil 7-sentyabr). Qaraldi: 2022-yil 7-sentyabr.