Timurxon (Timur) Anvarovich Timashyov (1969-yil 16-iyul) — sovet, oʻzbek va rus futbolchisi, yarimhimoyachi va hujumchi sifatida oʻynagan.

Timurxon Timashyov
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Тimurxon Anvarovich Timashyov
Tavallud sanasi 16-iyul 1969-yil (1969-07-16) (54 yosh)
Tavallud joyi Sovet IttifoqiSSSR,
Oʻzbekiston Oʻzbekiston,
Rossiya Rossiya
Boʻyi 174 sm
Ampluasi yarimhimoyachi, hujumchi
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
1990
1991
1992—1993
1994
1995—1997
1998—1999
2001
2001
2002
2002
2004—2006
2008
Sovet IttifoqiYangiyer
Sovet IttifoqiToʻrtkoʻlchi
OʻzbekistonYangiyer
OʻzbekistonPaxtakor
RossiyaNosta
OʻzbekistonNasaf
RossiyaNeftyannik (Bavli)
RossiyaКоlomna
RossiyaSpartak-Каvkaztransgaz
RossiyaSelenga
RossiyaPozis
RossiyaКolos (Pavlovskaya)
(0 (0)
45 (5)
55 (2)
20 (0)
102 (5)
38 (3)
JTJ
23 (1)
16 (0)
10 (0)
LFL
CHKK)
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)

Biografiyasi tahrir

Futbolchilik faoliyati tahrir

1990-yilda „Yangiyer“ klubi azosi boʻlgan. 1991-yilgi mavsumda SSSR ikkinchi quyi ligasining 9-zonasida Toʻrtkoʻlning „Toʻrtkoʻlchi“ klubi safida 45 ta oʻyin oʻtkazib[1], 5 ta gol urgan. Shundan soʻng 1992-yildan 1993-yilgacha yana „Yangiyer“ jamoasi safida toʻp surgan. Oʻzbekiston oliy ligasida 55 ta uchrashuv oʻtkazib, 2 ta gol urgan.

1994-yilda Toshkentning „Paxtakor“ klubi safida 20 ta oʻyin oʻtkazgan. Soʻngra Novotroitskning „Nosta“ jamoasi tarkibiga qabul qilingan. 1995-1997-yillar davomida „Nosta“ safida Rossiya ikkinchi ligasining 102 ta oʻyinida ishtirok etib, jami 5ta gol urgan. 1998-1999-yillar davomida yana Oʻzbekiston chempionatida „Nasaf“ safida oʻynagan va bu vaqt oraligʻida 38 ta oʻyin oʻtkazib, 3ta gol urgan.

Timashyov 2001-yilgi mavsumni Bavli shahrining JTJ „Neftyanik“ klubida boshlab, „Kolomna“da yakunlagan. Timurxon bu mavsumda Rossiya ikkinchi ligasi turnirida 23 ta uchrashuv oʻtkazib, 1 ta gol urgan. Keyingi yili Izobilnenskiyning „Spartak-Kavkaztransgaz“ va Ulan-Udening „Selenga“ jamoalarida toʻp surgan. „Spartak-Kavkaztransgaz“ safida 16 ta, „Selenga“ tarkibida esa 10 ta oʻyin oʻtkazgan.

2004-yildan 2006-yilgacha „Pozis“ (Zelenodolsk) jamoasida LFL chempionatida ishtirok etgan. 2008-yil apreldan iyungacha Krasnodar oʻlkasi chempionatida Pavlovskayaning „Kolos“ jamoasida toʻp surgan[2].

Manbalar tahrir

  1. „1991. Вторая лига. 9 зона. Составы команд“ (ru). Football.lg.ua. Qaraldi: 2019-yil 6-avgust.
  2. „Заявка ФК «Колос» (Павловская) на сезон 2008 года“ (ru). Официальный сайт ККФФ. Qaraldi: 2019-yil 6-avgust.