Tinibek (xon)
Tinibek (Tinibek, Dinibek) – Oltin oʻrda xoni (1341—1342). Oʻzbekxonning toʻngʻich oʻgʻli (aslida ikkinchi oʻgʻli, 1330-yilda Oʻzbekxonning birinchi oʻgʻli Temurbek vafotidan keyin toʻngʻichi deb ataladigan boʻlgan).
Tinibek | |
---|---|
Xon | |
Oltin oʻrda xoni | |
Saltanat | 1341—1342 |
Oʻtmishdoshi | Oʻzbekxon |
Davomchisi | Jonibek |
Tugʻilishi | nomaʼlum |
Vafoti | 1342 |
Oʻzbekxonning kavkazortidagi yurishlarida qatnashgan. Otasi vafot etgach Tinibek Chigʻatoy ulusiga qarshi yuborilgan qoʻshinlarga boshchilik qilib ketgan. Tinibekning yoʻqligidan foydalanib hukmronlik qilgan Jonibek akasining qaytib kelganidan xabar topib, Taidula bilan til biriktirgan. Tinibek Saroychiqda sotqin amirlar tomonidan oʻldirilgan.
U haqidagi asarlar.
tahrirTinibek D. M. Balashovning „Magʻrur Simeon“ tarixiy romani qahramonlaridan biridir. Shu bilan birga „Oʻrda“ filmida Tinibek rolini Andrey Panin oʻynagan.