Tintikit (AQShning Yuta shtatidagi Tintik degan joy nomidan) — mineral; temir, fosfor va suv birikmalaridan tarkib topgan. Tabiatda kam uchraydi. T. 1963-yil Oʻzbekiston gʻarbi (Qizilqum)da topilgan va oʻrganilgan. Ushbu T.ning rentgenogrammasi Yuta shtatidagi T. nikiga yakin. Uning koʻrinishi gil minerallarni eslatadi. Kimyoviy tarkibi Gʻe3[(ON)3(RO4)2]ZN2O, unda Gʻe,O3 48,18%, R2O530,7%, N2O 19,51%, A12O3 1,48%, Na2O5 0,08%, K2O 0,03% mavjudligi aniqlangan. Rangi oqsariq, yashil tusli. Qattiqligi 2—2,5, zichligi 2,8 g/sm3, yalab koʻrilsa tilga yopishadi. T. gipergen mineral boʻlib, limonitlashgan gematitda 5 sm gacha boʻlgan tomirchalar shaklida, oksidlanish zonasidagi oltinsurma ruda namoyonlarida vujudga keladi. T. gepatit, natroyarozit, alunit, oltin bilan assotsiatsiyada uchraydi.