Tiofen, C4H4S — benzol hidli rangsiz suyuklik. Mol.m. 87,04. Suyuqlanish temperaturasi — 38,3°, qaynash temperaturasi 84, G, zichligi 1064,4 kg/m3. Suvda oz, uglevodorodlar va boshqa organik erituvchilarda yaxshi eriydi. T. aromatik birikmalarning xossalarini namoyon qiladi. Oson galogenlanadi, sulfidlanadi va alkillanadi. T. asosida alifatik karbon kislotalar, oksikislotalar, yuqori spirtlar, ketonlar, atsetallar, oddiy efirlar, aminlar, aminospirtlar, turli aminokislotalar va laktamlar hamda yuqori sikloalifatik birikmalar olinadi. Neft uglevodorodlari fraksiyasi, oltingugurt yoki uning oddiy birikmalari (SO2 va H2S) T. olish uchun manba hisoblanadi. T.dan yuzlab birikmalar (biologik faol birikmalar, polimerlar uchun yordamchi moddalar, elementlarni ajratish reagentlari va hokazo) sintezlangan.