Tir (inshoot)
Tir (frans. tir — otmoq) — qoʻlda oʻq otar yoki pnevmatik quroldan oʻquvmashqda va musobaqalarda nishonlarga xavfsiz otish uchun moʻljallangan sport inshooti. Yopiq, yarim yopiq va ochiq (dala) T.lari boʻladi. T.da oʻq otish marrasi bor, otish galereyasi, oʻq otish zonasi (uzunligi oʻq otish masofasiga teng), oʻq qabul qilgich, yordamchi va oʻquv binolari, qurol va patronlar omborlari boʻladi. T.da 10 m dan 300 m gacha masofada oʻq otish mumkin. Shuningdek, pnevmatik yoki kichik kalibrli qurollardan oʻq otiladigan attraksion T.lar ham boʻladi.
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |