Titan suvosti kemasi voqeasi

2023-yilgi fojiaviy hodisa

2023-yil 18-iyun kuni OceanGate tomonidan boshqariluvchi, ekipaj tarkibi besh kishidan iborat boʻlgan Titan suvosti kemasi Shimoliy Atlantika okeanidagi ekspeditsiya chog‘ida halokatga uchragan Titanikni ko‘rish uchun shoʻngʻish paytida portlab ketdi. Portlash, taxminan Nyufaundlend (Kanada) qirgʻogʻidan 690 km uzoqlikda sodir boʻlgan. Suvosti kemasi bortida OceanGate bosh direktori Stockton Rush, fransuz dengiz tadqiqotchisi va Titanik boʻyicha ekspert Paul-Henri Nargeolet, britaniyalik tadbirkor Hamish Harding, pokistonlik-britaniyalik tadbirkor Shahzada Dawood va uning o‘g‘li Suleman boʻlgan.

Titan suvosti kemasi voqeasi
JoylashuvShimoliy Atlantika okeani,
Titanik halokatga uchragan joylashuv yaqinida

Titan bilan aloqa dengiz ostiga shoʻngʻilganidan 1 soatu 45 daqiqa oʻtgach uzilib qoladi. Oʻsha kuniyoq, rejalashtirilgan vaqtgacha aloqa qayta tiklanmaganidan soʻng, ekspeditsiya rasmiylari ogohlantirilgan. Suvosti kemasi toʻrt kun davomida topilmagandan soʻng, masofadan boshqariladigan suvosti transport vositasi Titan qismlarini oʻz ichiga olgan vayronalar maydonini, taxminan 500 metr (1,600 ft) chuqurlikdan topdi. Qidiruv hududiga Amerika Qo‘shma Shtatlari Harbiy-dengiz kuchlari (QSHHK) exoloti yordamida suvosti kemasi bilan aloqa uzilib qolgan paytdagi portlash bilan mos keladigan akustika belgilari aniqlangani maʼlum qilingan.

Qidiruv-qutqaruv operatsiyasi Amerika Qo'shma Shtatlari sohil xavfsizlik xizmati (QSHSXX), QSHHK hamda Kanada qirg'oq xavfsizligi tashkilotlari ishtirokidagi xalqaro guruh tomonidan amalga oshirildi[1]. Qoʻllab-quvvatlash Kanada Qirollik havo kuchlari hamda Amerika Qo'shma Shtatlari Havo milliy gvardiyasi samolyotlari, Kanada Qirollik dengiz floti kemasi, shuningdek, bir nechta tijorat va tadqiqot kemalari va ROVlar tomonidan taqdim etilgan[2][3].

Manbalar

tahrir
  1. „Unified Command established for missing submersible from Polar Prince“. United States Coast Guard (2023-yil 20-iyun). 2023-yil 21-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 21-iyun.
  2. Petri, Alexandra E.; Lin, Summer. „Titanic tourist submersible carrying 5 disappears on trip to see wreck in North Atlantic“. Los Angeles Times (2023-yil 19-iyun). 2023-yil 19-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 20-iyun.
  3. Liebermann, Oren; Britzky, Haley. „US military moving military and commercial assets to help submersible search efforts“. CNN (2023-yil 20-iyun). 2023-yil 21-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 20-iyun.

Havolalar

tahrir