Titov shoʻragi (lotincha: Salsola titovii) – ikki urugʻpallalilar sinfi, sho‘radoshlar oilasi, sho‘rak turkumiga mansub koʻp yillik gulli oʻsimlik turi. Oʻzbekiston Respublikasi Qizil kitobiga kamyob, endemik tur sifatida kiritilgan. Toshkent viloyati Gʻarbiy Tyan-Shan, Chatqol va Qurama togʻ tizmalari hududida uchraydi[1].

Titov sho‘ragi
Ilmiy tasniflashUshbu tasnifni tahrirlash
Olam: Eukariotlar
Tip: Yuksak oʻsimliklar
Sinf: Ikki urugʻpallalilar
Turkum: Sho‘rak
Oila: Sho‘radoshlar
Binar nomi
Salsola titovii

Tavsifi

tahrir

Balandligi 50 sm gacha yetadigan koʻp yillik oʻt oʻsimlik. Hayotiy shakli yarimbuta. Oʻq ildiz sistemasiga ega. Qishda poyasining ustki qismini sovuq urib ketadi. Bir yillik novdalarining uzunligi 20 sm gacha yetishi mumkin. Novdalari ingichka qalin tuklar bilan qoplangan. Barglari oddiy, bandli, novdada navbatma navbat joylashgan, qalami uzunligi 0,3-1,5 sm, eni 0,5-1 sm, ikki tomondan qalin kulrang tuklar bilan qoplangan. Gullari bir jinsli, boshoqsimon to‘pgulda yigʻilgan. Gulqoʻrgʻoni oddiy, koʻrimsiz, boʻlaklari besh donadan. Changchilari beshtadan urugʻchibargni oʻrab turadi. Iyun oyida gullab, mevasi oktabrda pishib yetiladi. Mevasi yetilgach gulqoʻrgʻon boʻlaklari qanotcha hosil qiladi. Urug‘i shamol orqali tarqaladi. Urug‘i bilan koʻpayadi.

Tarqalishi va oʻsish sharoiti

tahrir

Tabiatda juda kam tarqalgan, yakka yakka yoki toʻdacha hosil qilib oʻsadi. Toshkent viloyati Gʻarbiy Tyan-Shan, Chatqol va Qurama togʻ tizmalari hududida uchraydi. Togʻlarning oʻrta va pastki qismidagi tosh shagʻalli yonbagʻirlarda uchratish mumkin. Chorva mollarining koʻplab boqilishi natijasida soni qisqarib ketgan. Chatqol biosfera qoʻriqxonasi va Ugom-chatqol davlat tabiat milliy bogʻi hududida muhofaza ostiga olingan[2].

Manbalar

tahrir
  1. „Salsola titovii“.
  2. O‘zbekiston Respublikasining Qizil kitobi I jild, 2019.