Tit Liviy (lotincha: Titus Livius er. av. 59-yil, 17-yil, Patavium) — mashhur rimlik tarixchilardan biri, «Shaharning borpo etilganidan boshlab tarixi» («Ab urbe condita») asari, tarixiy-falsafiy dialoglar va oʻgʻliga yozgan epistolyar janrdagi ritorik asarlar muallifi hozirgi kunda saqlanib qolmagan. Liviy oʻziga toʻq oiladan chiqqan boʻlib, yoshlik chogʻida Rimga keladi va u yerda yaxshi taʼlim oladi. Soʻngra falsafa, tarix va ritorika bilan shugʻullanadi. Sezar bilan yaqin tanish boʻlishiga qaramay siyosiy hayotda umuman qatnashmagan. Er.av. 27-yildan soʻng u 142 ta kitobda Rim tarixi boʻyicha fundamental ishlarini boshlaydi. Bu ishida milliy qadriyatlarni targ'ib qiladi., в которой проповедовал нравственные ценности. Bu ishlarda u Rimning qayta yaralishi asoslarini ko'rgan. U davrda ikki xil qarashlar stoizm va fatum mavjud bo'lib, Tit Liviy ularning ikkinchisiga ishonardi. Saqlanib qolgan kitoblarda ko'plab tarixiy nutqlar va yarim afsona shaxslar mavjud.

Tit Liviy. Nomaʼlum rassom chizgan portret.
Ab Urbe condita, 1714

AdabiyotTahrirlash

  • Pirogov V.N. Исследования по римской истории преимущественно в области третьей декады Ливия. Sankt-Peterburg, 1878. 284 bet.
  • Kuznetsov T.I., Miller T.A. Античная эпическая историография: Gerodot. Tit Liviy. Мaskva: Nauka. 1984. 213 bet. 5300 nus.

HavolalarTahrirlash