Tizza boʻgʻimi sili — Kox tayoqchalari tufayli kelib chiqadigan tizza boʻgʻimining patologik holatiga aytiladi. Kasallik turli xildagi patologo-anatomik oʻzgarishlar bilan namoyon boʻlib, asosan uchta bosqichda oʻtadi, yaʼni jarohat boʻgʻim oldi suyak toʻqimasidan boshlanmasdan, toʻgʻridan-toʻgʻri boʻgʻim ichida, sinovial pardalarda boshlanishi mumkin[1].

Tizza bo'g'imi sili

Tizza boʻgʻimining Kox tayoqchalari bilan zararlanish holati
Yuqumli kasallik
KXK-10 A18.0
KXK-9 018
OMIM 607948
DiseasesDB [1]
MedlinePlus 000624 000077

Kelib chiqishi

tahrir
 
Tizza boʻgʻimi silining dunyo miqyosida zararlanish darajasi (2012-yil holatiga)[2]

Kasallik kelib chiqishida asosiy omil boʻlib Kox tayoqchalari asosiy oʻrinni egallaydi. Mikobakteriyalarning koʻpchilik turlari atrof muhitda keng tarqalgan saprofit mikroorganizmlar holida boʻladi. Silni paydo qiluvchi mikobakteriyalarning turlariga M. tuberculosis, M. bovis, M. bovis BCG, M. africanum, M. microti, M. canettii mansub boʻlib, M. tuberculosis majmuasiga birlashtirilgan. Soʻngi yillarda unga M. microti va M. bovisga filogenetik tegishli M.pinnipedii, M. sarsaye kiritilgan[3].

Odamda uchraydigan sil qoʻzgatuvchisi uch turdagi mikobakteriyalar:

Odam uchun asosan odamda va qoramolda uchraydigan turlari patogen. Silni yuqtiradigan manba mikobakteriyalarni tashqariga chiqarib turadigan kasal odam yoki hayvon. Sil yuqishining eng koʻp uchraydigan yoʻli aerogen yoʻl. Lekin kasallik zararlangan teri, shilliq pardalar orqali, meʼda-ichak yoʻli orqali yuqishi ham mumkin. Kasallik meʼda-ichak orqali sil bilan ogʻrigan sigirlar sutini xomligicha ichganda yuqadi. Lekin kasallik boshlanishi uchun organizmga kasallik qoʻzgʻatuvchisi tushishining oʻzigina kifoya qilmaydi.

Boʻgʻim oldi bosqichi

tahrir

Maʼlumki bu bosqichda sil tayoqchalari qon orqali tarqalib, koʻmikda oʻrnashib, rivojlanib, suyak toʻqimasiga oʻtadi va uni jarohatlaydi. Jarohat sil kasal-ligining boshlanishi boʻlib, chegaralangan, tezroq tuzalishga moyil boʻladi, deyarli xavf tugʻdirmaydi. Buni oʻz vaqtida aniqlash ancha qiyin va muhim ahamiyatga ega. Jarohat koʻpincha taxminlar asosida aniqlanib, oʻzgarib turuvchi bilvosita umumiy va mahalliy noaniq klinik belgilarga ega. Umumiy belgilar bu bosqichda unchalik muhim ahamiyatga ega boʻlmaydi. Infeksiyaning suyak koʻmigiga joylashganligi sababli, spetsifik oʻchoqning paydo boʻlishini aniqlashning iloji yoʻq. Taʼkidlash lozimki, jarohat koʻpincha yosh bolalarda kuzatilib, roʻy bergan oʻzgarishlar, yaʼni injiqlik, uyquning buzilishi, bezovtalik, bolaning ozib ketishi, tana haroratining bir oz koʻtarilishi, bolada suyak sili jarohati bor, degan fikrga olib kelmasligi mumkin. Baʼzan esa tuberkulin sinamasiga musbat javob boʻladi, teriga toshmalar toshadi, limfa tugunlari kattalashadi. Shuning uchun bunga chuqurroq ahamiyat berish kerak. Chunki bu oʻzgarishlar, boshqa kasalliklarda ham uchrasada, bemorlarda sil jarohati bor degan taxminga asos boʻlishi mumkin. Jarohat atrofida doimo mahalliy oʻzgarishlar boʻlmasada, ular diagnostik ahamiyatga ega[4]. Tizza boʻgʻimi silining boʻgʻim oldi bosqichida, boʻgʻim sohasida yuz berayotgan mahalliy oʻzgarishlar uncha rivojlanmaydi va noaniq boʻladi, shuning uchun boʻgʻim sohasida qandaydir oʻzgarishlar bor degan xulosaga kelish mumkin. Akademik P.G.Kornevning taʼkidlashicha, birlamchi ostitlar uchta klinik, yaʼni yashirin, taxminiy va xavfli davrlarga boʻlinib, suyak toʻqimasi yuzasida yoki markazida joylashishi mumkin. Ular uzoq vaqt bir xil holatda saqlanib, chuqur klinik belgilarga ega boʻlmasligi mumkin Maʼlumki bu bosqichda sil tayoqchalari qon orqali tarqalib, koʻmikda oʻrnashib, rivojlanib, suyak toʻqimasiga oʻtadi va uni jarohatlaydi. Jarohat sil kasal-ligining boshlanishi boʻlib, chegaralangan, tezroq tuzalishga moyil boʻladi, deyarli xavf tugʻdirmaydi. Buni oʻz vaqtida aniqlash ancha qiyin va muhim ahamiyatga ega. Jarohat koʻpincha taxminlar asosida aniqlanib, oʻzgarib turuvchi bilvosita umumiy va mahalliy noaniq klinik belgilarga ega. Umumiy belgilar bu bosqichda unchalik muhim ahamiyatga ega boʻlmaydi. Infeksiyaning suyak koʻmigiga joylashganligi sababli, spetsifik oʻchoqning paydo boʻlishini aniqlashning iloji yoʻq. Taʼkidlash lozimki, jarohat koʻpincha yosh bolalarda kuzatilib, roʻy bergan oʻzgarishlar, yaʼni injiqlik, uyquning buzilishi, bezovtalik, bolaning ozib ketishi, tana haroratining bir oz koʻtarilishi, bolada suyak sili jarohati bor, degan fikrga olib kelmasligi mumkin. Baʼzan esa tuberkulin sinamasiga musbat javob boʻladi, teriga toshmalar toshadi, limfa tugunlari kattalashadi. Shuning uchun bunga chuqurroq ahamiyat berish kerak. Chunki bu oʻzgarishlar, boshqa kasalliklarda ham uchrasada, bemorlarda sil jarohati bor degan taxminga asos boʻlishi mumkin. Jarohat atrofida doimo mahalliy oʻzgarishlar boʻlmasada, ular diagnostik ahamiyatga ega. Tizza boʻgʻimi silining boʻgʻim oldi bosqichida, boʻgʻim sohasida yuz berayotgan mahalliy oʻzgarishlar uncha rivojlanmaydi va noaniq boʻladi, shuning uchun boʻgʻim sohasida qandaydir oʻzgarishlar bor degan xulosaga kelish mumkin. Akademik P.G.Kornevning taʼkidlashicha, birlamchi ostitlar uchta klinik davrlarga boʻlinadi;

  1. Yashirin,
  2. Taxminiy
  3. Xavfli

Mana shu davrlarda patologik oʻchoq suyak toʻqimasi yuzasida yoki markazida joylashishi mumkin. Ular uzoq vaqt bir xil holatda saqlanib, chuqur klinik belgilarga ega boʻlmasligi mumkin.

Baʼzan oyoqlar noaniq sababdan toliqadi yoki ogʻirlashib, ogʻriydi, oyoqlarga haddan tashqari ogʻirlik tushganda ogʻriq kuchayishi mumkin. Keyinchalik esa, boʻgʻim sohasida reaktiv oʻzgarishlar paydo boʻlib, yaʼni mahalliy ogʻriq, sal oqsash, boʻgʻimda biroz suyuqlik toʻplanishi mumkin[5]. Qisqa vaqt ichida oqsoqlanish va boʻgʻim sohasida suyuqlik toʻplanishi bilan xuruj qiladigan ogʻriqning paydo boʻlishi va bu oʻzgarishlar oʻtkir infeksion kasalliklar va revmatizmga bogʻliq boʻlmasa, boʻgʻim sohasida sil kasalligi bor, deb taxmin qilishga asos boʻla oladi. Boʻgʻim sohasini paypaslab koʻrilganda, koʻpincha, yumshoq toʻqimalar orasida, sovuq abssessni aniqlash mumkin boʻladi. Boʻgʻim sohasini tukillatib koʻrilganda (perkussiya) nuqtali ogʻriq, sinovial pardalar sohasining esa roʻyi rost ogʻrishini aniqlash mumkin. Biroq, koʻpincha, yuqorida keltirilgan oʻzgarishlar asosida boʻgʻim sili bor deb aniq diagnoz qoʻyib boʻlmaydi. Bu oʻrinda jarohatlangan boʻgʻimni rentgenda tekshirish muhim ahamiyatga ega. Boʻgʻimlar sohasidagi suyak toʻqimasida joylashgan birlamchi ostit, rentgenda har xil kattalikda, shaklda koʻrinadi, toʻqimada yemirilish bir oz qattiqlashgan jiyaklar bilan oʻralib turadi. Suyak toʻqimasidagi sil oʻchogʻi oʻrtasida hosilalar va parchalangan suyaklar (sekvestr) ham oʻziga xos belgi boʻlishi mumkin. Atrofdagi suyak toʻqimasi butunlay sogʻlom boʻlishi mumkin, yaʼni birlamchi ostitda osteoporoz, koʻpincha, kuzatilmaydi. Rentgen tekshiruvda sil oʻchoqlari, aksariyat hollarda, son va katta boldir suyaklarining yon tomonlarida, doʻngligida va kamroq tizza qopqogʻida joylashadi. Laboratoriya tekshiruvlarida, koʻpincha, kasallik unchalik rivojlanmaganligi tufayli oʻzgarishlar topilmaydi. Baʼzan, qonda EChT bir oz tezlashishi, leykotsitoz, monotsitoz kuzatilishi mumkin[6].

Boʻgʻimdagi bosqich

tahrir

Bu bosqichda boʻgʻimdagi jarohatning rivojlanishi, dastlab sinovial pardaga oʻtish bilan boshlanadi. Bunda oldingi bosqichda vaqtinchalik boʻlib turgan klinik belgilar muhim boʻlib qoladi va rivojlanadi, natijada ikkilamchi artrit — sil goniti paydo boʻladi. Sil gonitining klinik kechishi uch davrdan iborat (boshlangʻich, rivojlangan, bosilgan).

Boshlangʻich davri

tahrir

Boshlangʻich davriga xos xususiyatlar sinovial pardaning oʻziga xos yalligʻlanishiga bogʻliq boʻlib, boshlanishida sinovial pardaning nospetsifik reaktiv yalligʻlanishiga oʻxshab ketadi. Bu davr, baʼzan „Sinovial davr“ deb ham ataladi va uchta asosiy belgilar, yaʼni ogʻriq, harakatning chegaralangani, mushaklarning erta atrofiyasidan iborat boʻladi. Bemorning yurishi oʻzgarib, sal oqsoqlanadi va tekshirib koʻrilganda boʻgʻim toʻliq ochilmasdan, baʼzan kasal oyoq sogʻiga nisbatan uzunlashib qolgandek boʻlib, jarohat yaqinidagi teri qalinlashadi (Aleksandrov belgisi). Boʻgʻimni paypaslab koʻrilganda, unda suyuqlik toʻplanib qolgani, terida mahalliy haroratning oshgani aniqlanadi. Natijada boʻgʻim atrofida abssess paydo boʻladi, boʻgʻim shakli oʻzgaradi, kattalashadi[7].

Boshlangʻich artritni rentgenda tekshirilganda, oʻziga xos muhim belgi, yaʼni tarqoq osteoporoz aniqlanadi. Bolalarda esa, koʻpincha, suyak yadrosi epimetafizar qismining kattalashgani kuzatiladi. Boʻgʻim orasi bir oz kattalashishi mumkin, keyinchalik jarohat rivojlangani sari boʻgʻim orasi toraya boshlaydi va suyak toʻqimasida esa sil oʻchoqlari aniq koʻrinmaydi. Bemorning umumiy ahvoli bir oz oʻzgaradi — ishtahasi yoʻqoladi, ozib ketadi, baʼzi-baʼzida subfebril isitma paydo boʻladi. Ayrim hollarda bu belgilar kuchayib, kasallik keyingi rivojlangan davriga oʻtadi[8].

Rivojlangan davri

tahrir

Boshlangʻich belgilarning rivojlanishi, chuqurlashishi natijasida sil gonitining klinik manzarasi aniq boʻlib qoladi, yaʼni, suyak toʻqimasi va boʻgʻimda oʻzgarishlar paydo boʻladi. Ogʻriq va boʻgʻim harakatining chegaralanganligi kuchayib, boʻgʻim anatomik oʻzgarishlarga uchraydi. Boʻgʻim bukilib qolib, kattalashadi va mushaklar atrofiyasi kuchayib, boʻgʻim sharsimon boʻlib qoladi. Uning katta yoki kichikligi, boʻgʻimda yigʻilgan suyuqlikning hajmiga va boʻgʻim pardalarining qalinlashganligiga bogʻliq boʻladi. Ayni shu davrda, koʻpincha, abssess paydo boʻlib, boʻgʻim atrofiga tarqalib, boʻgʻim osti chuqurigacha tushadi va teridan yorib chiqib oqma yaralar hosil qiladi. Boʻgʻim pardalarining oʻzgarib, choʻzilib qolishi, ularga birkitilgan boylamlarning ajralishi, ayniqsa, xochsimon boylamning va boʻgʻim hosil qiluvchi suyaklar yuzasining oʻzgarishi, mosligini yoʻqotishidan tizza orqaga sal chiqadi, valgus — tashqariga siljiydi. Suyak toʻqimalarining yemirilishi va togʻay qoplamalarining buzilishi natijasida shikastlangan oyoq kaltalanib qoladi[9].

Rentgenologik tekshiruvda suyak toʻqimasidagi osteoporozning kuchaygani, suyaklarning boʻgʻim sohasida yemirilgani aniqlanadi. Rentgenda boʻgʻim yorigʻi toraygan, boʻgʻim yuzalari noaniq va har xil kattalikdagi jarohatlar koʻrinadi. Bundan tashqari, jarohat atrofidagi yumshoq toʻqimalarning oʻzgarishi, boʻgʻimning buklanib qolishi, suyaklar mutanosibligining buzilgani aniqlanadi. Laboratoriya tekshiruvlarida, qonda EChT oshgani, leykotsitoz, oqsil miqdori oʻzgargani, yaʼni globulin fraksiyasining oshgani, kalsiy miqdori kamaygani kuzatiladi. Tuberkulin sinamasi qoʻyilganda musbat natija chiqishi mumkin. Mahalliy yalligʻlanishning kuchayishi natijasida, bemorda chuqur oʻzgarishlar, yaʼni subfebril, yoki baland harorat boʻlishi, ozib ketishi, ichki zaharlanish, jigar, buyraklar faoliyati buzilishi, ichki aʼzolarda amiloidoz belgilarining paydo boʻlishi kuzatiladi. Kasallikni vaqtida aniqlash va tegishli davolash choralarini oʻtkazish, jarohatning chegaralanishiga, bosilishiga, yaʼni uchinchi davrga oʻtib, yalligʻlangan artrit belgilarining kamayishiga olib keladi. Bosilgan davri. Bu davr maʼlum bir suyak toʻqimasidagi sil jarohatining tugallanib borishi va sogʻayishi bilan yakunlanadi. Oʻtkir sil jarayoni rivojlanishdan toʻxtab, jarohatni davomli yoki davomsiz bosilishi bilan almashinadi. Bunda mahalliy harorat, boʻgʻim sohasidagi shish, ogʻriq bosiladi, oqma yara, abssesslar yoʻqoladi. P.G.Kornevning taʼkidlashicha, boʻgʻim „ogʻriqsiz“, „sovuq va quruq“ boʻlib qoladi. Rentgenologik tekshiruvda esa, suyak toʻqimasining osteo-porozi, yemirilishning toʻxtashi, qayta tiklanish belgilari, yaʼni yemirilgan joylarning toʻlishi, suyak toʻqimasining qalinlashishi kuzatiladi. Biroq, mavjud trofik va anatomik-funksional oʻzgarishlar, chunonchi mushaklar atrofiyasi, boʻgʻim harakatining chegaralangani, shaklining oʻzgargani, suyaklar yuzasi mutaano-sibligining buzilishi, oyoqning kaltaligi saqlanib qoladi. Baʼzan sil gonitining oqibati sifatida boʻgʻim suyaklari ankilozi bilan tugallanib, koʻpincha, notoʻliq fibroz chandiq bilan oʻraladi va harakat chegaralanib, bemor mehnat qobiliyatini yoʻqotadi. Tizza boʻgʻimi silida boʻgʻim bosqichining davomiyligi har xil boʻladi. Sil jarayoni rivojlanishining bosilishi oʻrtacha 2-3 yil davom etadi, oʻz vaqtida zarur davo choralari koʻrilganda, bu muddat qisqarishi mumkin[10].

Boʻgʻimdan keyingi bosqich

tahrir

Sil gonitiga xos yalligʻlanish belgilarining klinik bosilishi jarohatning butunlay sogʻayib ketganini koʻrsatmaydi, chunki spetsifik oʻzgarishlar zimdan uzoq vaqt saqlanib qolishi mumkin. Shu bilan birga, boʻgʻimda chuqur anatomik-funksional oʻzgarishlar saqlanib qoladi. Bemor ogʻir sharoitda qolsa, bir necha yillardan keyin ham jarohatlangan boʻgʻimda kasallik qaytalashi mumkin. Kasallikning bunday qaytalashi, avvaldan ogʻir jaro-hatlangan suyak toʻqimalarida yuzaga kelganidan, kasallik har xil tarzda kechib, maʼlum bir davomiylik, bosqichlarni oʻtmasdan, ogʻir oʻtadi va abssess, oqma yaralar paydo boʻlishi bilan davom etadi[11].

Diagnostikasi

tahrir

Suyak tuberkulyozini tashxislashning umumiy usullari quyidagilardan iborat:

  • Bakterial labaratoriya — bemorga suyak tuberkulyozi tashxisini qoʻyish uchun asosiy diagnostik tekshiruv usullaridan biri sanaladi. Bemordan namuna olinib bakterial laboratoriyaga yoʻllanma asosida joʻnatiladiva hosil boʻlgan kulturaga asosan (Kox tayoqchalari) tashxis qoʻyiladi.
  • Biopsiya — eng muhim va asosiy tekshiruv usullaridan biri boʻlib, bu infeksiyalangan toʻqimalarning bir qismi olinadi va infeksiyani aniqlash uchun morfologiya boʻlimiga yuboriladi.
  • Tana suyuqligi testi — shifokor-ftiziatr infeksiyani tekshirish uchun oʻpkani oʻrab turgan va himoya qiladigan plevra suyuqligidan namuna olishi mumkin. Yoki ular orqa miya atrofidan miya kanali suyuqligini olishlari mumkin. Suyak yoki qoʻshma sil kasalligi uchun shifokor sinovial yoki qoʻshma suyuqlikni olishi mumkin.
  • Polimeraza zanjiri reaksiyasi (PCR) testi — shifokor olgan namunalar PCR yordamida ham tekshirilishi mumkin. Ushbu test mikobakteriyaning genetik materialini aniqlab beradi va oz miqdordagi suyuqlikdan infeksiyani izlashga yordam beradi[12].

Manbalar

tahrir
  1. A.M. Ubaydullayev. Sil kasalliklari, 2008, Toshkent: Sh. Alimov nomli Respublika Ftiziatriya va pulmonologiya ilmiy tekshirish instituti — 31-317-bet. 
  2. Tuberculosis incidence (per 100,000 people)". Our World in Data. Archived from the original on 26 September 2019. Retrieved 7 March 2020.
  3. Pfyffer GE, Auckenthaler R, van Embden JD, van Soolingen D (1998). „Mycobacterium canettii, the smooth variant of M. tuberculosis, isolated from a Swiss patient exposed in Africa“. Emerging Infectious Diseases. 4 (4): 631-4. doi:10.3201/eid0404.980414. PMC 2640258. PMID 9866740.
  4. Rothschild BM, Martin LD, Lev G, Bercovier H, Bar-Gal GK, Greenblatt C, et al. (August 2001). „Mycobacterium tuberculosis complex DNA from an extinct bison dated 17,000 years before the present“. Clinical Infectious Diseases. 33 (3): 305-11. doi:10.1086/321886. PMID 11438894.
  5. "CDC Surveillance Slides 2012 — TB". Centers for Disease Control and Prevention. 24 October 2018. Archived from the original on 9 November 2013. Retrieved 17 September 2017.
  6. Medical Laboratory Science: Theory and Practice. New Delhi: Tata McGraw-Hill. 2000. p. 473. ISBN 978-0-07-463223-9. Archived from the original on 6 September 2015.
  7. Schiffman G (15 January 2009). „Tuberculosis Symptoms“. eMedicine Health. Archived from the original on 16 May 2009.
  8. Ubaydullayev A.M.. Sil kasalliklari, 2008, Toshkent: Respublika Ftiziatriya va pulmonologiya ilmiy tekshirish instituti — 320-321-bet. 
  9. Kommareddi S, Abramowsky CR, Swinehart GL, Hrabak L (November 1984). „Nontuberculous mycobacterial infections: comparison of the fluorescent auramine-O and Ziehl-Neelsen techniques in tissue diagnosis“. Human Pathology. 15 (11): 1085-9. doi:10.1016/S0046-8177 (84)80253-1. PMID 6208117.
  10. Pfyffer GE, Auckenthaler R, van Embden JD, van Soolingen D (1998). „Mycobacterium canettii, the smooth variant of M. tuberculosis, isolated from a Swiss patient exposed in Africa“. Emerging Infectious Diseases. 4 (4): 631-4. doi:10.3201/eid0404.980414. PMC 2640258. PMID 9866740.
  11. Hawn TR, Day TA, Scriba TJ, Hatherill M, Hanekom WA, Evans TG, et al. (December 2014). „Tuberculosis vaccines and prevention of infection“. Microbiology and Molecular Biology Reviews. 78 (4): 650-71. doi:10.1128/MMBR.00021-14. PMC 4248657. PMID 25428938.
  12. „What Is Skeletal Tuberculosis?“. www.webmd.com. November 27, 2021. Qaraldi: 1-noyabr 2022-yil.