Tufang
Tufang, toʻfang — chaqmoqtosh yordamida otadigan pilta miltiq. Tufak fonetik shakli ham mavjud. Mahmud Koshgʻariyning "Devonu lugʻotit turk" asarida tuvak atamasi tol daraxti va umuman hoʻl shoxlarning poʻstlogʻini yormay, shox, navdadan sugʻurib olingan va uchiga gʻoʻlakchalar qoʻyilib, qushlarni ovlash uchun moʻljallangan tuppakni anglatishi qayd etilgan. 16-asrga kelib tuvak — tufak va T. fonetik shakllarni olgan va u endi oʻt sochish uchun moʻljallangan jangovar qurolmiltiqni ifodalagan. Turk sayyohi Sayd Ali Raisning guvoxlik berishicha (16-asr), T. ning stvoli misdan yasalgan. Tarixiy manbalarda keltirilgan maʼlumotlarga koʻra, T. Oʻrta Osiyoda 16-asrdan eʼtiboran qurollanishda ishlatilgan. Bobur qoʻshinida T. yasaydigan ustalar va T. bilan kurollangan askar— tufakandozlar bor edi, ular Panipat jangida Ibrohim Loʻdiy ustidan qozonilgan gʻalabaga salmoqli ulush qoʻshgan.
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |