To'g'ridan-to'g'ri ta'sir qiluvchi antiviral preparatlar
Toʻgʻridan-toʻgʻri taʼsir qiluvchi virusga qarshi vositalar (Antivirallar) gepatit C infektsiyasini davolash uchun ishlatiladigan dorilar. Ular gepatit C virusining reproduktiv siklining bosqichlarini maqsad qilib olgan antiviral dorilarning kombinatsiyasi. Ular ribavirin va interferon kabi eski davolash usullaridan koʻra samaraliroq. Ushbu preparatlar 8-12 hafta davomida tabletkalar shaklida ogʻiz orqali qabul qilinadi[1]. Davolash infeksiyani keltirib chiqaradigan gepatit C virusining turiga yoki turlariga (genotiplari) bogʻliq[2]. Davolash paytida ham, davolanishning oxirida ham qon testlari davolash samaradorligini va keyingi davolanishni nazorat qilish uchun ishlatiladi[1].
Qoʻllaniladigan ushbu kombinatsiyalangan dorilariga quyidagilar[3] kiradi:
- Harvoni (sofosbuvir va ledipasvir)
- Epclusa (sofosbuvir va velpatasvir)
- Vosevi (sofosbuvir, velpatasvir va voksilaprevir)
- Zepatier (elbasvir va grazoprevir)
- Mavyret (glekaprevir va pibrentasvir)
Toʻgʻridan-toʻgʻri taʼsir qiladigan antivirallar „Barqaror virusologik javob“ yoki SYN deb nomlangan surrogat yakuniy nuqta asosida tasdiqlangan[4]. SYN keng tarqalgan boʻlib funksional „davo“ sifatida sotilayotgan boʻlsa-da, uning klinik natijalarini (jigar kasalligi. umrini uzaytirish) bashorat qilish uchun haqiqiyligi shubha ostiga qoʻyilgan[5][6].
Manbalar
tahrir- ↑ 1,0 1,1 „Overview-Hepatitis C“. National Health Service, UK (2018-yil 21-iyun).
- ↑ "New approaches in the treatment of hepatitis C". World Journal of Gastroenterology 22 (4): 1421–32. January 2016. doi:10.3748/wjg.v22.i4.1421. PMID 26819511. PMC 4721977. //www.pubmedcentral.nih.gov/articlerender.fcgi?tool=pmcentrez&artid=4721977.
- ↑ "Oral Direct-Acting Agent Therapy for Hepatitis C Virus Infection: A Systematic Review". Annals of Internal Medicine 166 (9): 637–648. May 2017. doi:10.7326/M16-2575. PMID 28319996. PMC 5486987. //www.pubmedcentral.nih.gov/articlerender.fcgi?tool=pmcentrez&artid=5486987.
- ↑ „Table of Surrogate Endpoints That Were the Basis of Drug Approval or Licensure“. Food and Drug Administration.
- ↑ „SVR does not equate to a cure in HCV“. healio.com.
- ↑ Koretz, Ronald (2015). "Is Widespread Screening for Hepatitis C Justified?". British Medical Journal 350: g7809. doi:10.1136/bmj.g7809. PMID 25587052. https://www.bmj.com/content/350/bmj.g7809.