Toʻpxona
(To'pxonadan yoʻnaltirildi)
Toʻpxona — Tojikistondagi Kofirnihon daryosi vodiysida, Hisor qishlogʻining gʻarbiy chekkasida joylashgan qad. mozorqoʻrgʻon (mil. av. 1-asrning oxiri — mil. 3-asr). 1941-yilda ochilgan. 300 ga yaqin bir necha koʻrinishli (mayyitlar chalqancha va yonboshlab yotqizilgan, xom gʻisht terilgan va gʻishtsiz, xumli, sopol tobutli) qabrlar ochilgan. Qabrlardan turli xildagi sopol idishlar, jez bilaguzuklar, sirgʻalar, uzuklar, oynalar, temir uchli kamon oʻqi, pichoqlar, bigizlar, qaychilar, jez qoʻngʻiroqchalar, tosh va shisha munchoklar, misr chinnisidan ishlangan buyumlar, tumorlar, taqinchoklar, haykallar, xaykalchalar, tangalar topilgan.
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |