Toʻqtagʻul
Toʻqtagʻul, Sotilgʻonov Toʻqtagʻul (1864.25.10, Qirgʻiziston, Oʻsh viloyati Toʻqtagʻul tumani — 1933.17.2, Sassijiyda qishlogʻi) — qirgʻiz xalq oqini va bastakor, qirgʻiz adabiyoti asoschilaridan biri. 1898-yil Andijondagi xalq isyonida qatnashgan deb qamoqqa olingan va Sibirga surgun qilingan. 1910-yil Vataniga qaytgan. Chondu, Sartboy, Esenamen va boshqa xalq baxshilari repertuaridan ilhomlangan. Yoshligidan qoʻbiz chertib, qoʻshiq kuylagan, dostonlar aytgan ("Kojojash", "Oljaboy va Kishimjon", "Sarinji Bokey", "JonishBoyish", "Kedeyxon" va boshqalar), original kuylar bastalagan.
Toʻqtagʻul Sotilgʻonov | |
---|---|
Tavalludi |
25-oktyabr 1864 |
Vafoti | 17-fevral 1933 |
Fuqaroligi | Rossiya Imperiyasi va SSSR |
Dastlabki lirik asarlari — "Alimxon", "Oyimjon", "Nasilxon" va boshqa mashhur boʻlgan. "Besh toʻngʻiz", "Eshon xalfa", "Papi xalfa", "Isyonkor Chaqirboy" va boshqa hajviy asarlari T.S. ijodida muhim oʻrin tutadi. "Azoblangan hayotim", "Surgunda", "Quvgʻunda", "Xayr, elim", "Xayr, ona" asarlarida surgunda oʻz boshidan kechirgan qiyinchiliklari, azobuqubatlari tasvirlangan. T.S. ijodi Furqat, Muqimiy, Zavqiy, Hamza, Poʻlkan kabilar ijodiga hamohang. Asarlari oʻzbek tiliga tarjima qilingan ("Sogʻinib keldim", 1964). 1965-yil Toʻqtagʻul Sotilgʻonov nomidagi Qirgʻiziston Davlat mukofoti taʼsis etilgan.
Li.: Vinogradov V. S, Muzoʻkalnoye naslediye Toktagula, M.. 1961.
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |