Toʻra hovuz
Toʻra hovuz majmuasi – Oʻzbekistondagi madaniy meʼros obyekti. XVI asrda qurilgan. Obyekt Xorazm viloyati Xiva shahrining, „Kaptarxona“ mahalla fuqarola yigʻinida joylashgan. Toʻra hovuz Xivada hozirda saqlanib qolgan 7 hovuzdan biri hisoblanadi. 2021-yilda qayta taʼmirlash ishlari olib borilgan. Hovuz atrofini turli xil daraxtlar oʻrab turadi. Hovuzdagi suv doimo tozalanib turishi sabali ichishga yaroqli. Toʻra hovuz Dishan qal’aning sharqiy qismida, Polvon qori majmuasining janubida joylashgan[2]. Toʻra hovuz majmuasi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 24-fevraldagi 100-sonli qarorining Ichki va ziyorat turizmini rivojlantirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisidagi qarorida koʻra turizm mashrutlarida foydalaniladigan madaniy meros obyektlarining 2021-2025 yillarda ustuvor ravishda restavratsiya qilish dasturiga kiritilgan[3].
To‘ra hovuz majmuasi | |
---|---|
Joylashuv | Xiva shahri, Xorazm, |
Turi | Madaniy-me'ros obyekti |
Material | pishgan g'isht |
Ochilish sanasi | XVIII asr[1]. |
Xarita |
Manbalar
tahrir- ↑ „O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI VAZIRLAR MAHKAMASINING QARORI ICHKI VA ZIYORAT TURIZMINI RIVOJLANTIRISH BO‘YICHA QO‘SHIMCHA CHORA-TADBIRLAR TO‘G‘RISIDA“. 2023-yil 20-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 20-oktabr.
- ↑ https://deshon-qala.uz/22.html
- ↑ „O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI VAZIRLAR MAHKAMASINING QARORI ICHKI VA ZIYORAT TURIZMINI RIVOJLANTIRISH BO‘YICHA QO‘SHIMCHA CHORA-TADBIRLAR TO‘G‘RISIDA“. 2023-yil 20-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 20-oktabr.
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |