Toʻlagan Qosimbek
Toʻlagan Qosimbek (1931.15.1, Qirgʻiziston, Jalolobod viloyati Yangiyoʻl tumani Aqjoʻl qishlogʻi) — Qirgʻiziston xalq yozuvchisi (1986).
Toʻlagan Qosimbek | |
---|---|
Tavalludi |
1931.15.1 Qirgʻiziston, Jalolobod viloyati Yangiyoʻl tumani Aqjoʻl qishlogʻi |
Vafoti |
2011.16.6 Bishkek, Qirgʻiziston |
Fuqaroligi | SSSR va Qirgʻiziston |
Sohasi | yozuvchi |
Mashhur ishlari | Singan qilich |
"Yilqichi oʻgʻli" (1956), "Tugʻilgan yer" (1958) kitoblari, "Odam boʻlgim keladi" (1960) qissalari bilan tanilgan.
"Singan qilich" (1966) romani mashhur. Asarda qirgʻiz xalqining 19-asr oʻrtalaridagi hayoti tasvirlangan. Qoʻqon xonligi davriga oid tarixiy voqealar, Oʻrta Osiyoning ruslar tomonidan zabt etilishi, uning oʻzbeklar va qirgʻizlar taqdiriga taʼsiri epik planda koʻrsatilgan.
"Kelkel" ("Toleʼ", 1986) romani — "Singan qilich"ning mantiqiy davomi boʻlib, unda 19-asrning 2-yarmi va 20-asrning 1-choragidagi Oʻrta Osiyo xalqlari hayoti Toʻqtagʻul, Qurbonjon dodxoh kabi tarixiy shaxslar taqdiri orqali ochib berilgan.
Manbalar
tahrir- Singan qilich, T., 1980.
- https://www.bbc.com/kyrgyz/articles/c35e791zyd2o
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |