Toʻlqinjon Soliyevich Karimov (1944, Bagʻdod tumani) — Oʻzbekiston Respublikasi xalq oʻqituvchisi (2004). Fargʻona pedagogika institutini tugatgan (1970). 1970-yildan Sirdaryo viloyatining Sardoba tumanidagi 5-maktabda matematika oʻqituvchisi, maktab direktori oʻrinbosari, oʻquv boʻlimi mudiri, 1973-yildan Fargʻona viloyati Bagʻdod tumanidagi 22-maktabda (1987—89 yillar 41-maktabda) mat. oʻqituvchisi. "Matematika-matikadan choraklik testlar" risolasi muallifi. "Doʻstlik" ordeni bilan mukofotlangan (1995).