Toʻpon
Toʻpon — gʻallagulli va dukkakli oʻsimliklar donini yanchish va tozalashda chiqqan chiqindi. T. maydalangan barg, urugʻ qobiqlari, boshoq va don boʻlaklari, begona oʻt urugʻlaridan iborat. Somonga nisbatan toʻyimli. 1 kg bugʻdoy T.ida 0,43 ozuqa birligi, 26 g protein, javdarnikida 0,40 ozuqa birligi, 21 g protein, sulinikida esa 0,44 ozuqa birligi, 23 g protein bor. T. shirali ozuqalar, namlangan barda kabilarga qoʻshib, kombayn oʻrimida chiqqan donli T. esa somon bn aralashtirilib chorva mollariga beriladi.
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |