Toʻyona
Toʻyona — kechpishar qovun navi. Oʻzbekiston sabzavot, poliz ekinlari va kartoshkachilik ilmiy tadqiqot intida Qoʻybosh va Kutana navlarini chatishtirib (A.S.Shchukina, ST. Pessova, A. S. Hakimov, S. Xalilov) yaratilgan. Nihollari unib chiqqandan keyin qovuni 105 1 1 5 kunda pishadi; oʻrtacha kattalikda, vazni 4 – 6 kg, yuzasi tekis, tusi qoʻngʻirkulrang, yetilganda sargʻishqoʻngʻir tusga kiradi, toʻri dagʻal. Mevasi tarkibida 9— 10% qand bor. Urugʻxonasi oʻrtacha, urugʻlari yirik. Qishda yaxshi saqlanadi. Hosildorligi 300—400 s/ga. 1991-yilda davlat reyestriga kiritilib, Oʻzbekistonning barcha viloyatlarida ekish uch_un tavsiya etilgan.
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |