Tobut
Tobut — Yaqin va Oʻrta Sharq mamlakatlari xalqlarida marhumni qabrga eltish uchun ishlatiladigan moslama. Usti ochiq, 4 oyoqchali, bosh tomoni kengroq, oyoq tomoni torroq, uzunligi 2— 2,5 m. Kafanlangan murda solingandan keyin tobut maxsus narvoncha ustiga oʻrnatiladi va uni 4 kishi koʻtaradi, baʼzi xalqlarda, masalan, ruslarda tobut qopqoqli boʻlib, marhumning jasadi bilan birga goʻrga qoʻyiladi. Qadimda Oʻrta Osiyo xalqlarida ham oliy tabaqaga mansub marhumni yiroq yerdan olib kelishda qopqoqli yogʻoch tobut ishlatilgan. Masalan, Amir Temur va uning nabirasi Muhammad Sulton tut yogʻochidan yasalgan qopqoqli tobutda goʻrga qoʻyilgan. Tosh tobutda, yaʼni sarkofag (Yevropada atalishi)da oliy tabaqa jasadlar kumilgan.
![]() | Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |