Togʻ choʻqqisi — togʻ tizmalari, massivlari va alohida togʻlarning eng baland joyi yoki nuqtasi. Har xil (platosimon, nayzasimon va boshqalar) shakllari mavjud. Yon bagʻirlari tik yoki bir oz nishab, doimiy qor va muzliklar bilan qoplangan boʻladi. Vujudga kelishi tektonik tuzilishi, tarkibidagi togʻ jinslari (nurash jarayonlariga chidamliligi) va turli denudatsion jarayonlar bilan bogʻliq. Togʻ choʻqqisining dengiz sathidan balandligi ham turlicha. Eng baland Togʻ choʻqqisi — Jomolungma (8848 m), Tirichmir (7690 m), Oʻzbekistonda Hazrati Sulton (4648 m).