Togʻ jinslarining nam sigʻimi

Togʻ jinslarining nam sigʻimi — maʼlum miqdordagi suvni oʻziga sigʻdirib, ushlab turish xususiyati. Mutlaq quruq jinslardan foiz hisobida ifodalanadi. Togʻ jinslarining nam sigʻimin.s. ogʻirligi (suv massasining quruq jins massasiga nisbati) yoki hajmi (suv hajmini jins hajmiga nisbati) jihatidan foizda ifodalanadigan nam sigʻimi koeffitsiyenti bilan tavsiflanadi. Togʻ jinslari: nam sigʻimli (torf, balchiq, qumoq tuproq, gil), nam sigʻimi kam (boʻr, mergel, gilli qum, sof tuproq jinslari), nam sigʻimsiz (yaxlit otqindi va choʻkindi jinslar) boʻladi.