Togʻli Qorabogʻ (Artsax) mintaqasi aholisi, asosan, kelib chiqishi hinduyevropalik boʻlgan turli qabilalardan iborat boʻlgan. Mintaqaning armanizatsiya qilinganligi toʻgʻrisida har xil fikrlar bildirilmoqda, biroq aksariyat tadqiqotchilar bu jarayon Armanistonning birinchi boʻlinishidan oldin 387-yilda tugaganiga qoʻshilishadi.[1][2]

Miloddan avvalgi 2-asr boshlarida, Armaniston boʻlinishidan avval, hozirgi Togʻli Qorabogʻ hududi Buyuk Armaniston tarkibiga kirgan. Ananiya Shirakatsi qalamiga mansub „Armaniston geografiyasi“ kitobida (7-asr) Artsax uning 10-viloyati sifatida qayd etilgan.

387-yilda Kuro-Arak oraligʻi (Artsax va Utik mintaqalari) Fors, Kavkaz Albaniyasi vassaliga aylandi, shu bilan bir qatorda arman knyazlari nazorati ostida qoldi hamda kuchli arman taʼsirida boʻldi. Koʻp millatli Albaniya qirolligi 705-yilda arablar tomonidan ishgʻol etildi.

822-yilda Artsaxda Xachenning mustaqil arman knyazligi eʼlon qilindi. 884-yilda Xachen hukmdorlari Arhotiston mustaqilligini eʼlon qilishdi va oʻzini Armaniston qiroli deb eʼlon qilgan Ashot I Bagratuni tan oldilar.

1045-yilda Xachen knyazligi koʻp asrlar mobaynida arman hukmronligi saqlanib qolgan joylardan biri boʻlib kelgan.

Oxirgi oʻrta asrlar manbalarida, arman va musulmon aholisi aralashib, ularga „Qorabogʻ“ nomini bergan turkiy koʻchmanchilar haqida soʻz yuritiladi. Koʻchmanchilar (turkiylar, keyinchalik kurdlar) tekislikda qishlashar, yozda esa togʻlarning yaylovlarida yurishgan; bu kabi tartib 20-asrga qadar saqlanib qolgan. Togʻli Qorabogʻdagi ozarbayjon koʻchmanchilari Usmonli davlati hukmronligining qisqa davrlarida 1593 va 1727-yillarda roʻyxatga olingan. Kurd qabilalari Fors hukumati tomonidan Togʻli Qorabogʻdagi arman hukmdorlarining asosiy arman hududlari bilan aloqalarini zaiflashtirish uchun 1600-yillarda Togʻli Qorabogʻ va Zangezur oʻrtasida joylashgan hududga koʻchirilgan.

15-asrda Xachen turkmanlarning Qora-Koyunlu va Oq-Koyunlu davlatlari tarkibiga kirgan boʻlsa, 16-asr boshlarida Safaviylar davlatining tarkibiga kirdi. 16-17-asrlarda Xachen knyazligi beshta kichik mulkka — melikstvaga boʻlindi. 18-asrning oʻrtalariga qadar mavjud boʻlgan Xamsa meliklari Armaniston milliy davlat tuzilishining soʻnggi markaziga aylandi.

Manbalar

tahrir
  1. Encyclopædia Britannica. Armenia:"A few native Armenian rulers survived for a time in the Kiurikian kingdom of Lori, the Siuniqian kingdom of Baghq or Kapan, and the principates of Khachen (Artzakh) and Sasun."
  2. Robert H. Hewsen. The Kingdom of Arc’ax. In Medieval Armenian Culture (University of Pennsylvania Armenian Texts and Studies). Thomas J. Samuelian and Michael E. Stone (eds.) Chico, California: Scholars Press, 1984, pp. 54-55. ISBN 0-8913-0642-0.

Adabiyotlar

tahrir

Havolalar

tahrir