Togʻtepak, ansol (Populus tremula) — toldoshlar oilasiga mansub barg toʻkuvchi terak turi. Gʻarbiy Yevropa, Sharqiy Osiyo, Shimoliy Afrika (Jazoir)da tarqalgan. Oʻrta Osiyoda Gʻarbiy Tyanshan, Gʻarbiy Pomir-Olay togʻlarining toshli va shagʻalli tuproqlarida, togʻ vodiylarida oʻsadi. Balandligi 35 m, diametri 1 m ga boradi. Shoxshabbasi uzun, qalin, yashil, Barglari tuxumsimon, kulrang, yashil. Barg yozgunga qadar gullaydi, hamma teraklar kabi ikki uyli. Mevasi koʻsak, yozda yetiladi. Ildizi mustahkam, sovuqqa qurgʻoqchilikka chidamli, yorugʻsevar. Toʻnkasidan yoki ildizidan oʻsib chiqqan novdalari, bachkilari va urugʻidan, qalamchasidan koʻpayadi. Togʻtepak tez usadi (40 yoshli daraxtining balandligi 20 m gacha) boradi. 80—90-yilgacha yashaydi. Yogʻochi gugurt va sellyuloza, turli buyumlar tayyorlashda ishlatiladi.