Togʻturbid (Dictamnus) — rutadoshlar oilasiga mansub kup yillik utlar turkumi. Poya va gullari qoramtir bezchalar bilan qoplangan, xidli. Barglari toq patsimon, murakkab. Poyasi ostidagi barglari oddiy. Gullari yirik, ikki jinsli, pushti va tuk, kizil. Mevasi kusakcha, besh uyali. Oʻzbekistonda 2 turi — ensiz bargli T. va Tojikiston T.i uchraydi. Tarkibida diktamnin va boshqa alkaloidlar, 0,5% efir moyi, urugʻida 18—21% yogʻ bor. T.ning barcha turlari odam terisiga tekkan joyini kuydiradi. Kuygan joy kizarib, yara paydo boʻladi. T.ni hayvonlar yemaydi. T. manzarali va shirali oʻsimlik. Xalq tabobatida foydalaniladi. Ayrim hududlarda "kuydirgi oʻt" deb ataladi.