Togʻzogʻcha (Pyrrhocorax graculus) — chumchuksimonlar turkumining qargʻalar oilasiga mansub qush. Togʻ qargʻata oʻxshaydi, lekin kichikroq. Ogʻirligi 260—280 g. Pati qora yaltiroq, tumshugʻi sariq, bir oz qayrilgan. Oyogʻi qizil. Janubiy Yevropa, Kavkaz, Shimoliy Eron, Oʻrta Osiyo, Oltoy, Tibet va Himolay togʻlarida tarqalgan. Oʻtroq hayot kechiradi. Togʻlarda alp mintaqasida togʻ qargʻadan ham baland< roqda yashaydi. Qishda pastroqka koʻchadi. Koloniya boʻlib, qoya va jarliklardagi yoriqlarga uya quradi. May—iyunda 4—5 ta tuxum qoʻyadi. Hasharotlar, chuvalchanglar, oʻsimlik mevalari va urugʻlari bilan oziqlanadi.