Tohiriylar
Tohiriylar — Xurosondagi Tohiriylar davlashida hukmronlik qilgan sulola (821—873). Rasman abbosiylar vassali hisoblangan. Sulolaga 821 i. Tohir ibn Husayn asos solgan. T. hukmdorlari: Tohir ibn Husayn (821—822), Talha ibn Tohir (822—828), Abdulloh ibn Tohir (828—844), Tohir II ibn Abdulloh (844—862), Muhammad ibn Tohir (862—873). 873-yil Xurosonda T. hukmronligi tugatilib, yangi Safforiylar davlati tashkil topgan.
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |