Tojixon Shodiyeva
Tojixon Toshmatovna Shodiyeva (ruscha: Таджихан Ташматовна Шадиева; 1905 – 1981-yil yanvar) — oʻzbek sovet kommunistik faoli. Shodiyeva ommaviy ravishda paranjisini yechgan ilk va eng yosh fargʻonalik ayollardan biri. Xotin-qizlar ozodligi uchun kurashgan fao oʻlaroq tanilgan. Kommunistik partiyaning faol aʼzosi boʻlgan. "Yangi yoʻl" (keyinchalik "Saodat" deb qayta nomlangan) gazetasiga muharrirlik qilgan.
Tojixon Shodiyeva | ||||||
---|---|---|---|---|---|---|
Tavalludi |
1905 | |||||
Vafoti | 1981-yil yanvar | |||||
Fuqaroligi | Oʻzbek SSR | |||||
Kasbi | xotin-qizlar huquqlari uchun kurashgan faol | |||||
Mukofotlari |
|
1938-yil mart oyida Iosif Stalin ning "Katta terror" qatagʻoni davomida hibsga olindi va Magadan mehnat lagerida yuborildi. Shu sababli u keyingi yillar davomida jamoatchilik eʼtiboridan chetda qoldi. Ammo Stalin oʻlimidan keyin, reabilitatsiya qilindi, unga oldin berilgan mukofotlar qaytarildi, partiyaga aʼzoligi tiklandi. Keyinchalik u kolxozga raislik qildi.
Tojiyeva Lenin ordeni, Oktabr inqilobi, ikki marta Mehnat qizil bayroq, "Hurmat belgisi" ordenlari bilan taqdirlangan. Vafotidan keyin oʻzi boshqargan kolxoz uning sharafiga qayta nomlangan, Fargʻona tumanidagi 134-qishloq hunar-texnika bilim yurtida uning byusti oʻrnatilgan[1][2].
Manbalar
tahrir- ↑ „ШАДИЕВА (ШОДИЕВА) Таджихан Ташматовна“. centrasia.org. Qaraldi: 2021-yil 30-mart.
- ↑ Журнал «Смена» № 15 (965) от 1967 год
Havolalar
tahrir- Shodiyevaga yozilgan taʼziyanoma, „Sovet Oʻzbekistoni“ gazetasi, 17.01.1981