Toksik erkaklik tushunchasi – akademik va ommaviy axborot vositalaridagi munozaralarda koʻp ishlatiladigan tushuncha. Ushbu atama gegemon erkaklikning baʼzi ijtimoiy halokatli jihatlariga, masalan, mizoginiya, gomofobiya va zoʻravon hukmronlik kabi jihatlarini ifoda qilish uchun ishlatiladi. Bu xususiyatlar zoʻravonlikni: jinsiy zoʻravonlik va oiladagi zoʻravonlikni targʻib qilgani uchun „toksik“ deyiladi. Gegemon erkaklikda qoʻrqitish yoki tajovuz qilish orqaligina „oʻgʻil bolalar haqiqiy oʻgʻil boʻla oladi“ degan qarashlar ham baʼzan uchraydi. Oʻgʻil bolalarning ijtimoiylashuvi baʼzan shunday va shunga oʻxshash zoʻravonliklarning koʻrsatkichini pasaytiradi.

Stressning kuchayishi va giyohvand moddalarni isteʼmol qilishga oʻrganib qolish kabi psixologik muammolar erkaklarda oʻziga oʻta ishonish va ruhiy tushkunlikning kuchayishiga olib keladi. Toksik erkaklik xususiyatlarini qamoqxonalardagi erkaklar oʻrtasida soʻzsiz qabul qilinadigan qoidalarda ham koʻrishimiz mumkin[1].

Mehnatga sadoqat, sport bilan shugʻullanishdan gʻururlanish va oilani boqish kabi anʼanaviy erkaklarga xos xususiyatlar „toksik“ deb hisoblanmaydi. Ushbu kontseptsiya dastlab Shepherd Bliss kabi mifopoetik erkaklar harakati bilan bogʻliq mualliflar tomonidan ishlatilgan. Bu mualliflar erkaklik haqidagi stereotipik tushunchalarni „haqiqiy“ erkaklikka qarama-qarshi qoʻyishgan, ularning fikricha, zamonaviy jamiyatda „haqiqiy“ erkaklik qadriyatlari bilan aloqalar tugagan. Toksik erkaklik atamasini tanqidchilar erkakning oʻziga xos xususiyatlaridan kelib chiqmagan holda tavsiflashgan deb taʼkidlashgan[2].

Manbalar

tahrir
  1. Sculos, Bryant W. (2017). „Whoʻs Afraid of 'Toxic Masculinity'?“. Class, Race and Corporate Power. 5-jild, № 3. Miami, Florida: Berkeley Electronic Press. doi:10.25148/CRCP.5.3.006517. Qaraldi: 3-yanvar 2024-yil.{{cite magazine}}: CS1 maint: date format ()
  2. Salter, Michael. „The Problem With a Fight Against Toxic Masculinity“. The Atlantic (2023-yil 27-fevral). Qaraldi: 2023-yil 20-dekabr.