Toksikologiya, veterinariya toksikologiyasi — zaharli moddalar xususiyatlari va ularning qayvonlar (qishloq xoʻjaligi. hayvonlari, ovlanadigan va boqiladigan yovvoyi hayvonlar, baliqlar, asalarilar) organizmiga taʼsirini, pestitsidlar qoldiklari va boshqa zaharli moddalar bilan ifloslangan ozuqalarni veterinariyasanitariya jihatidan baholash, zaharli oʻsimliklar, mikroskopik zamburugʻlar, suv oʻtlaridan zaharlanish va ularning oldini olish, zaharlangan xayvonlarni davolash, ozuqalarda, xesh goʻsht mahsulotlaridagi zaharli kimyoviy birikmalarning ruxsat etilgan qoldiq miqdorini aniklash, ularni tahlil kilish va boshqa masalalar bilan shugʻullanadi.

Veterinariya toksikologiyasi sohasida 20-asrning 70-yillarida Oʻzbekiston veterinariya institutoʻ toksikologiya boʻlimida, Samarqand qiimoq xoʻjagik instituti veterinariya fti kafedralarida ilmiy tadqiqotlar amalga oshirildi. Oʻzbekiston hududida oʻsadigan zaharli oʻsimliklardan kampirchopon, mingdevona, bangidevona singari oʻsimliklar, gallani zararlovchi krrakuya, chorva ozukasida ishlatiluvchi kunjara, sheluxa, chigit singari paxta chiqindilari tarkibidagi gossipol moddalari, shuningdek, kimyoviy pestitsidlar bilan qishloq xoʻjalik hayvonlarining zaharlanishini tashxis qilish, ozuqa va chorvachilik mahsulotlarini veterinariyasanitariya jihatidan baholash masalalari boʻyicha muhim ilmiy ishlar olib borildi. Veterinariya T.si rivojlanishiga oʻzbekistonlik olimlardan X.Z. Ibragimov, N. X. Shevchenko, F.I.Ibodullayev, R.X.Xaitov, T.B.Boymurodov, Q.Norboyev, N. Davlatov, V.R.Xaitov, D.Sh.Muratov va boshqa muhim hissa qoʻshdilar.

Oʻzbekiston Respublikasi Davlat veterinariya xizmati tizimiga kiruvchi Respublika veterinariya lab.da, Qoraqalpogʻiston, viloyatlar va Toshkent sh. veterinariya lab.larida kimyotoksikologiya boʻlimlari mavjud boʻlib, ular tomonidan hayvonlar zaharlanishida diagnostik tekshirishlar, shuningdek, pestitsidlar koldiqlarini saqlovchi chorvachilik mahsulotlari hamda ozuqalarini veterinariyasanitariya ekspertizasi oʻtkaziladi.

Adabiyot

tahrir
  • Radkevich P.Ye., Veterinarnaya toksikologiya, M., 1972.

Hoshim Nurmamatov.