Tokugava
Tokugava — Yaponiyada syogunlar sulolasi (1603—1867). Tokugava Ieyasu tomonidan asos solingan. Davlatn" mustaxkamlash uchun T. hukmdorlari bir necha bor islohotlar oʻtkazishgan. Xususan, har bir tabaqaning majburiyati va huquqi qatʼiy belgilab berilgan; dehqonlar yerga biriktirib qoʻyilgan; savdosudxoʻrlik kapitali taraqqiyoti cheklangan, knyazlar ustidan qatʼiy siyosiy nazorat oʻrnatilgan. Mamlakatdagi tartiblarni oʻzgarishsiz saqlab qolish, shuningdek, tashqi xavfxatarning oldini olish maqsadida T. hukumati 17-asrning 30-yillarida Yaponiyani tashki dunyodan ajratib qoʻygan. 18-asr oxirida T. davlati tanazzulga uchragan. 1853-yil AQSH harbiy kemalari mamlakatga bostirib kirgan. AQSH va Yevropa davlatlari T. hukumatining Yaponiyani tashki dunyodan ajratib qoʻyish siyosatini bekor qilishga majbur qilib, 1854—58-yillarda u bilan tengsiz Ansey bitimlarini imzolashgan. 1867—68 yillardagi Meydzi isin inkilobi natijasida Tokugava hokimiyati barham topgan.
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |