Tokugava Ietsugu(1709-1716) — Yaponiya tarixidagi Edo davrida yashab, hukmronlik qilgan yettinchi shogun hisoblanadi. Ietsugu 1713-1716-yillarda hukmronlik qilgan. Ietsugu erta vafot etdi, uning oʻlimi bilan Tokugava Ieyasu avlodlarining toʻgʻridan-toʻgʻri yoʻnalishi toʻxtatildi va Tokugava xonadonining bosh vakillari hokimiyatga kelishdi.

Hayot yoʻli tahrir

Tokugava Ienobuning oʻgʻli Tokugava Ietsugu 1709-yilning 8-avgustida Edo shahrida tavallud topgan. Otasi vafot etganda u endigina 3 yoshda edi. Shu yoshda shogun deb eʼlon qilindi. U 1715-yilda imperator Reygenning qizi Yoshiko no Miyaga (1714-1758) bilan oila qurgan, oʻsha paytda u atiga 4 yoshda edi, Yoshiko no Miya esa bir yoshda boʻlgan.

Hukmronlik yillari tahrir

Ietsugu syogun lenobuning uchinchi oʻgʻli edi, u otasi vafot etganida 4 yoshda edi. Ammo ikki shogirdlari yosh vafot etgani uchun uni shogun deb eʼlon qilishdi. Shogun sifatida qisqa vaqt davomida hukumatni Aray Xakuseki boshqargan. U baʼzi islohotlarni amalga oshirdi va Koreya bilan munosabatlarni oʻrnatdi. U Koreya missiyasini qabul qilish marosimini soddalashtirdi va Koreya qiroli va Yaponiya syogunining teng unvonga ega boʻlishlarini talab qildi va shu bilan Koreya shoguni Yaponiyada eng yuqori kuchga ega ekanligini bilvosita tan olishga harakat qildi.

Manbalar tahrir

[1] [2][3]

  1. „Tokugawa Ietsugu“ (ingliz tili). Qaraldi: 13-dekabr 2022-yil.
  2. Жуков, А..Е. История Японии (rus tili), 1998. 
  3. Madvaliyev, Orifjon „Yaponiya Qirolligi“ (o'zbek tili). 2022-yil 13-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 13-dekabr 2022-yil.