Tol (material)
Tol (frans. tole — temir list) — tom yopish va izolyatsiya uchun ishlatiladigan gidroizolyatsiya materiali. Kartonga qora moy shimdirish yoʻli bilan tayyorlanadi. T.ning bir tomoniga mineral mahsulot, ikkinchi (tashqi) tomoniga yirik qum sepib ishlov beriladi. T.ning pastki tomoni qiyin eriydigan mum va baʼzan mayda qum bilan qoplanadi. T.ning kumsiz xillari ham boʻladi. T.ning bitumli yopmalarga qaraganda chidamliligi kam, asosan, inshootlarni vaqtincha yopishda, qurilish konstruksiyalarini suv va bugʻdan izolyatsiyalashda ishlatiladi. Oʻzbekistonda ishlab chiqariladigan T.ning eni 750, 1000 va 1025 mm, oʻrama (rulon) tarzida tayyorlanadi.
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |