Tolibjon Musaboyev
Musaboyev Tolibjon (1885—1931) – oʻzbekistonlik maʼrifatparvar inson.
Musaboyev Tolibjon | |
---|---|
Shaxsiy maʼlumotlari | |
Tavalludi |
1885-yil Toshkent |
Vafoti | 1931-yil |
Fuqaroligi | SSSR |
Millati | oʻzbek |
Hayoti va mehnat faoliyati
tahrirMusaboyev Tolibjon Toshkent shahrida ziyoli xonadonda dunyoga kelgan. Dastlab eski usuldagi maktab va madrasalarda tahsil olgan. Keyinchalik xususiy ravishda rus qonunchiligi bilan tanishgan. 1914—1917-yillardagi Turkiston maʼrifatparvarlik harakatida faol ishtirok etgan. Oʻsha paytlarda nashri iqtisodiy qoʻllab-quvvatlangan „Sadoyi Turkiston“ gazetasini tarqatish bilan shugʻullagan. Musaboyev „Turon“ uyushmasi, „Ittihod va taraqqiy“, „Turk adam markaziyat“ firqasi ishlarida ishtirok etgan.
1921—1922-yillarda Toshkent eski shahar xalq maorif boʻlimi xodimi vazifasida faoliyat yuritgan. 1923—1925-yillar mobaynida „Turkit birodaronligi“ nashriyotida xodim boʻlib ishlagan. Qamoqqa olinish arafasida esa „Qizil Oʻzbekiston“ gazetasida nashrni tarqatuvchi vazifasida ishlagan. 1929-yil 6-noyabrda „Munavvar qori Abdurashidxonov va Salimxon Tillaxonov ishi“ boʻyicha "Milliy ittihod tashkilotining aʼzosi sifatida GPU tomominidan qamoqqa olingan va 1930-yilda Maskovga olib ketilgan[1].
Oʻlimi
tahrir1931-yil 23-aprelda otuvga hukm qilingan. 1986-yil 16-yanvar qaroriga muvofiq asosli ravishda oqlangan.
Manba
tahrir- ↑ Ahmad, Sirojiddin. Qizil mustamlaka: e'lon qilinmagan urush Katta qirg'in qomusi (1929-1950). Toshkent: Info Captal Books, 2022-yil — 635-bet. ISBN 978-9943-5789-3-7.