Tolish tili (tolishcha. Tolışə zıvon, Tолышә зывон) — eroniy tillarning shimoli-gʻarbiy guruhiga mansub til. Ozarbayjon janubi va Eron shimolida tarqalgan. Soʻzlashuvchilarning umumiy soni 200 ming kishiga yaqin (1979). Asosiy shevalari: lenkoran, astara, lerik, massali. Fonetikasida 7 unli fonema, til oʻrta va til orqa undoshlari oppozitsiyasi (k’k, g’ g) mavjud; morfologiyasida otlar 2 kelishik bilan oʻzgaradi, koʻpchilik feʼllarning hozirgi va oʻtgan zamon shakllari bir xil, feʼllar 8 zamon, 4 mayl va 2 nisbat shakllariga ega. Sintaksisda aniqlovchi aniqlanmishdan oldin keladi. Leksikasida ozarbayjon tilidan oʻzlashgan soʻzlar anchagina. XX asrning 30-yillarida Ozarbayjon tolishlari uchun yozuv yaratilgan boʻlsa-da, u ommalashmagan.

Tolish tili
Milliy nomi Tolışi‎, толыши, تؤلشی
Mamlakatlar Ozarbayjon bayrogʻi Ozarbayjon
Eron bayrogʻi Eron
Rasmiylik holati Ozarbayjon bayrogʻi Ozarbayjon
Eron bayrogʻi Eron
Soʻzlashuvchilarning umumiy soni 764 400[1]
Til oilasi

Hind-yevropa

Hind-eron
eronlik
G'arbiy
Shimoli-g'arbiy
Tatik/Kaspiy
Tolish
Alifbosi Lotin alifbosi, Arab tili yozuvi va Kirill alifbosi
Til kodlari
ISO 639-3 tly

Manbalar

tahrir