Tomchi
Tomchi (fizikada) — aylanma sirt bilan chegaralangan va muvozant holatda turgan kichik hajmli suyuqlik. T. suyuklikning tor teshikdan oqib chiqishida, biror sirtning chekkasidan oqib tushishida, uni mayda zarralarga aylantirishda hosil boʻladi. Shuningdek, qattiq jismning hoʻllanmaydigan sirtida va gazsimon muhitning kondensatsiya markaz (ion, chang)larida bugʻni kondensatsiyalanishi natijasida ham T. hosil boʻladi; atmosferada — suyukdikning sferik koʻrinishga ega boʻlgan zarrasi. Meteorologiyada, odatda, shudring, bulut, tuman, yomgʻir va shivalama yomgʻirlardagi suv T.lari tushuniladi.
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
![]() | Ushbu maqola chaladir. Siz uni boyitib, Vikipediyaga yordam berishingiz mumkin. Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |