Tomchisoy
Tomchisoy — Surxondaryo viloyatidagi soy. Bobotogʻning gʻarbiy yon bagʻridagi buloklardan boshlanadi (1200 m). Uzunligi 26 km, havzasining maydoni 84 km². Oʻrtacha yillik suv sarfi 1,4 m³/sek. Yomgʻirdan, buloq va yer osti suvlaridan toʻyinadi. Bahorda suvi koʻpayadi. Havzasi yogʻin kam yogʻadigan pastak togʻlarda boʻlganidan kamsuv. T.dan Sariosiyo tumanidagi ayrim qishloqlar suv ichadi.
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |