Tommy Hilfiger - kiyim-kechak, poyabzal, aksessuarlar, parfyumeriya va uy mahsulotlarini ishlab chiqaradigan Amerika premium kiyim brendi. 1985-yilda asos solingan brend mahsulotlari 100 ta mamlakatdagi universal do'konlarda va 2000 dan ortiq mustaqil chakana savdo do'konlarida sotiladi.

Tommy Hilfiger
Turi biznes, Shoʻʼba korxona, brick and mortar, privately held company va korxona
Egasi PVH
Qachon asos solingan 1985
Joylashuvi location
Asoschi(lari) Tommy Hilfiger

Apax Partners xususiy sarmoya firmasi kompaniyani 2006 - yilda taxminan 1,6 milliard dollarga sotib olgan. 2010 - yil mart oyida PVH Corp. (o'sha paytda Phillips-Van Heusen nomi bilan tanilgan) kompaniyani sotib oldi. Daniel Grider 2014-yil iyul oyida bosh direktor etib tayinlangan va asoschisi Tommi Hilfiger kompaniyaning bosh dizayneri bo‘lib qoladi, dizayn guruhlarini boshqaradi va butun ijodiy jarayonni nazorat qiladi.

Kompaniya tarixi tahrir

 
Brendning afzalliklaridan biri - bu qisqacha taniqli belgi

1985-yilda amerikalik dizayner Tommy Hilfiger tomonidan asos solingan kompaniya birinchi marta 1992 -yilda moda olamida muvaffaqiyatli erkaklar kiyimlari kolleksiyasi bilan nom qozongan. Bundan tashqari, shou-biznes yulduzlari bilan yaqin hamkorlik orqali Hilfiger Tommy Hilfiger brendini premium kiyim sinfidagi eng nufuzli brendlardan biriga aylantiradi. 2001- yilda u o'zining poyabzal kolleksiyasini yaratdi.

2010 - yil mart oyida Tommy Hilfiger Calvin Klein, Timberland va boshqalarga egalik qiluvchi Phillips-Van Heusen Corporation[en] ga 3 milliard dollarga sotilgan. Tommy Hilfiger uchun mahsulotlar ishlab chiqaradigan Xitoyning eng yirik poyabzal ishlab chiqaruvchisi Huajian 2013 - yilda Efiopiyada o'zining birinchi fabrikasini ochdi va bugungi kunda kompaniyada 2000 dan ortiq afrikalik xodimlar ishlaydi.