Tomografiya (yun. tomos — qavatmaqavat va ...grafiya), biotoniya, laminografiya — murakkab rentgen tekshirish usuli; T.da tekshirilayotgan aʼzoning qavatmaqavat surati olinadi. T. patologik jarayonning joylashgan oʻrni, chuqurligi, bemorni yotqizish va tegishli qavatni hisoblash, texnik sharoitlarni aniqlash va suratlar olishdan iborat. T. rentgen trubka bilan plyonka joylashgan kassetaning bir vaqtda bir-biriga nisbatan qaramaqarshi harakat qilishi (siljishi)ga asoslangan; bunda bemor qimirlamay yotishi lozim. Ikki kavat orasidagi masofa — tomofafik qadam hajmi obʼyektning qalinligiga bogʻliq, mas, oʻpka uchun bu qadam 0,5 dan 2 sm gacha va undan koʻproq boʻlishi mumkin. T. toʻgʻri, yon va koʻndalang holatlarda hamda notipik holatda qilinada, u patologik jarayonning joylashgan oʻrni, shakli, kattaligi, tuzilishi va uning atrofidagi aʼzolar hamda toʻqimalar bilan munosabati toʻgʻrisida toʻlatoʻkis maʼlumot beradi. T.da koʻp qavatli (simultan) kasseta ishlatilishi ifodaning bir yoʻla bir necha qavatini olishga imkon beradi, tekshirish vaqtini qisqartiradi va bemorning nurlanish dozasini anchagina kamaytiradi. T. nafas aʼzolari, yuraktomir, skelet sistemasi, qorin boʻshligʻi va boshqa aʼzolarda uchraydigan oʻsmalar hamda turli kasalliklarni aniqlashda keng qoʻllanadi. Hozirgi kompyuter T. va magnitrezonans T. keng rayem boʻlgan, bu kasallik oʻchogʻi qaysi qavatda joylashganligini aniq belgilash imkonini beradi.