Tomorqa xo'jaligi
Tomorqa xoʻjaligi – hukumat tomonidan berilgan yakka tartibdagi uy-joy qurilishi uchun ajratilgan maydon. Ushbu soʻz birikmasi shaharda joylashgan maydonlarga yakka tartibdagi xoʻjalik va qishloq regionlarda joylashgan maydonlarga tomorqa xoʻjaligi sifatida yuritiladi. Oʻzbekiston qonunlariga muvofiq yakka tartibdagi xoʻjaliklarga 0.04 gektar va tomorqa xoʻjaliklariga 0.06 gektar deb qabul qilingan. Lekin tomorqa xoʻjaliklarning joylashuv sharoitiga qarab bu sonlar qisman oʻzgaradi. Choʻl hududida joylashgan qishloq xoʻjaligida foydalanmaydigan yerlardan 5 gektar gacha yer ajratish qonun bilan belgilab berilgan. Bugungi kunda tomorqa xoʻjaliklariga yer ajratish nomaʼlum muddatga toʻxtatilgan. Faqatgina joriy tomorqa xoʻjaliklarini qayta taqsimlash imkoni mavjud.
Bu maqola vikilashtirilishi kerak. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |