Tonal tillar
Tonal tillar — leksik va (yoki) grammatik maʼnolarni farklash uchun xizmat qiluvchi tonlarga ega boʻlgan tillar. Fonologik jihatdan ton — leksik va grammatik maʼnolarni farklash uchun qoʻllanadigan farqlovchi tovushiy vositalardan biri. Tonal tillar Jan.Sharqiy Osiyo (xitoy, Vyetnam, laos, birma tillari), Afrika (nilot tillari, kva, bantu va boshqa tillar) va Amerikada (mishtek, mashatek, trike va boshqa tillar) tarkalgan. Baʼzi Tonal tillar (mas., xitoytibet tillari)da tonlar, asosan, leksik maʼnodorlikka ega boʻlsa, boshqalarida grammatik farklarni (otlarda son yoki jins, feʼl zamoni, inkor va shu kabi) xam ifodalashi mumkin. Aksariyat Tonal tillar uchun tonlar va soʻz urgʻusining oʻzaro munosabati masalasi munozaralidir; baʼzi Tonal tillar uchun esa urgʻuning mavjudligi va vazifasi haqida ishonarli dalillar mavjud emas. Shuni aytish kerakki, urgʻu bir soʻzda birdan ortiq boʻlmaydi, ton esa bir soʻzda 4 tagacha (xitoy tili) boʻlishi mumkin.
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |