Tonallik (fransuzcha: tonalité; grekcha: τόνος) — musiqa nazariyasida quyidagicha maʼnolarda qoʻllanadi:

  1. Ladning baland-pastlik holati (masalan, „Re major“ — major ladining „re“ notasidan, „mi minor“ — minor ladining „mi“ notasidan boshlanishini belgilaydi;
  2. Muayyan balandpastlikdagi lad tizimi (lad—tonallik);
  3. Tor maʼnoda — garmonik tonallik, yaʼni major-minor lad tizimini belgilovchi, konsonans akkord asosida qurilgan funksional tizim. XVI-XIX asrlar kompozitorlik ijodida rivoj topib, XX asrda tonallik xususiyatlari murakkablasha borgan, muayyan tonallikni inkor etuvchi politonal, atonal, musiqa, dodekafoniya kabi ijodiy yoʻnalishlar yuzaga kelgan[1].

Musiqa asarining tonal asosi asosiy tonallik deb ataladi. Odatda musiqa asari asosiy tonallikdan boshlanadi va tugaydi[2][3].

Manbalar

tahrir
  1. „Tonallik“ OʻzME. T-harfi Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
  2. I. A. Akbarov. Музика луғати. Toshkent: Gʻafur Gʻulom nomidagi Adabiyot va sanʼat nashriyoti, 1987. 
  3. I. A. Akbarov. Мусиқа луғати. Toshkent: Oʻqituvchi nashriyoti, 1997 — 384-bet. ISBN 5-645-02422-2. 

Havolalar

tahrir