Tonga, tongaliklar — Tonganing asosiy aholisi. 105 ming kishiga yaqin (1990-yillar oʻrtalari). Shuningdek, Avstraliyada ham yashashadi. Polineziya guruhiga mansub tilda soʻzlashadi. Dindorlari — xristianlar (asosan, metodistlar), bir qismi katoliklar. Tongalar oʻziga xos madaniyatlarini saqlab qolganlar. Asosiy mashgʻuloti — dehqonchilik.