Tonlesap, Sap — Kambodja tekisligidagi koʻl, Hindixitoy yarim orolda eng katta. Maydoni 2,5—3 ming km² dan (qishda) 10 ming km² gacha (yezda), mavsum boʻyicha oʻzgarib turadi. Chuqurligi ham tegishlicha 1–2 m dan 10–14 m gacha. Qirgʻoklari past, botkrklashgan. Tonlesap daryosi T.ni Mekong bilan bogʻlaydi va uning oqimini qisman tartibga solib turadi. Baliqqa boy. Sholipoyalarni sugʻorishda foydalaniladi, sohil qismida aholi zich. T. yakinida Kambodja madaniyati yodgorligi majmuasi — Angkor joylashgan.