Topografiya
Topografiya (yun. topos – joy va …grafim) – Yer sirti (qurukGʻshk tabiiy sirti elementlari va unda joylashgan inson faoliyatiga bogʻliq obʼyektlar)ni geometrik jihatdan oʻrganish, ularni plan va xaritalarda tasvirlash bilan shugʻullanadigan ilmiy-texnik fan.
Topografiya yirik masshtabli topografik xaritalarni tuzish bilan bogʻliq dala oʻlchash va hisobchizma ishlarini; joyda sʼyomka bazasi tarmogʻini qurish; oddiy asbob va usullarda bajariladigan sʼyomka ishlarini, aerofototopografik usulda bajariladigan sʼyomka ishlarini tashkil qilish va amalga oshirish; topografik xaritalar tuzishning hamma bosqichlarida tahririy ishlarni taʼminlash; topografik xaritalar uchun shartli belgilarni ishlab chiqish va ularni mukammallashtirish kabi masalalar bilan shugʻullanadi.
Yer tabiiy sirtini oʻrganishda topografiya tabiiy va iqtisodiy geografiyaga asoslanadi; Yer sirtining tasvirini qogʻoz (tekislik)da hosil qilish (topografik xaritani yaratish)da esa u geodeziya va xaritagrafiya maʼlumotlaridan foydalanadi. Topografik syomka asosida yaratilgan topografik xaritalar umumgeografik xaritalarning negizi hisoblanadi.
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |