Torburun maymunlar
Torburun maymunlar, eski dunyo maymunlari (Catarhina) — odamsimon primatlar guruhi. Qazilma qoldiqlari neogen davri — toʻrtlamchi davrning 2yarmidan boshlab Sharqiy yarim sharda maʼlum. 4 oila: martishkasimonlar, gibbonsimonlar, pongidlar va gominidlarga boʻlinadi. 100 ga yaqin turi bor. Torburun maymunlar (yoʻgʻon gavdalilardan tashqari) burun boʻshligʻi toʻsigʻi tor, burun teshiklari oʻzaro yaqinlashgan va pastga qaragan. Jun qoplami va tanasining ayrim kiyemlari baʼzan rangli. Bosh miyasi yaxshi rivojlangan. Daraxtda va yerda yashaydi. Oʻsimlikxoʻr yoki hammaxoʻr.
Oila yoki tuda boʻlib hayot kechiradi. Koʻpchilik turlari tutqunlikka tez koʻnikadi.
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |