Tormoz yoʻli — transport vositasi (avtomobil, tramvay va boshqalar) ga tormoz berilgan paytdan boshlanib, toki butunlay toʻxtaguncha oʻtgan masofa. Tormoz yoʻli transport vositasiga qarab har xil kattalikda boʻladi. Transport yoʻlining kattakichikligi tormoz mexanizmlarining samaradorligiga, yuritma va tormozlarning ishga tushish vaqtiga, transport vositasining harakat tezligiga, gʻildiraklarning yoʻl qoplamasi (yoki relyelar) bilan tishlashish (ilashish kuchiga), yoʻl (rels)ning sirpanchiqlik darajasi, haydovchining reaksiyasi va boshqa baʼzi omillarga bogʻliq boʻladi.