Tornado Alicia Black (talaffuzi: Tornado Alicia Blek; 1998-yil 12-mayda tugʻilgan) — amerikalik sobiq tennischi.

Tornado Alicia Black
Mamlakat AQSH bayrogʻi AQSh
Tugʻilishi 12-may 1998-yil (1998-05-12) (25 yosh)
Boca Raton, Florida
Ishlatadigan qoʻli right-handedness
Olgan jami pul mukofot(lar)i miqdori $$47,348
Yakkalik bahslar
Rekordi 33–17
Jami titullari 2 ITF
Eng yuqori pozitsiyasi 404-son (2015-yil 2-fevral)
„Katta dubulgʻa“ turniri yakkalik bahslari natijalari
US Open Q2 (2014)
Juftlik bahslari
Rekordi 6–6
Jami titullari 0
Eng yuqori pozitsiyasi 348-son (2015-yil 14-sentabr)
„Katta dubulgʻa“ turniri juftlik bahslari natijalari
US Open 2R
Mixed doubles
„Katta dubulgʻa“ turniri aralash juftlik bahslari natijalari
US Open 1R

Faoliyati tahrir

Alicianing ustozi sobiq tennischi Rick Macci boʻlgan. Macci koʻp tennischilarga, jumladan Serena va Venus Williamsga ham saboq bergan.

Black oʻz faoliyatida ikkita ITF yakkalik chempionligini qoʻlga kiritgan. 2015-yil 2-fevralda u jahon yakkalik reytingida 404-oʻrinni egallagan. 2015-yil 14-sentabrda u juftliklar reytingida 348-oʻrinni egallagan edi.

U 2013-yilgi Junior US Open turnirida uch setda Ana Konjuhga yutqazib, ikkinchi oʻrinni egallagan[1][2].

Black 2014-yilgi Abierto Mexicano Telcelda WTA Tour asosiy toʻrida debyut qilgan. „Joker“ mukofotiga sazovor boʻlgach u birinchi raundda serbiyalik oltinchi raqam ostidagi Bojana Yovanovski bilan oʻynagan va bu bahsda toʻgʻridan-toʻgʻri magʻlub boʻlgan[3].

Tornado va uning singlisi Hurricane Tyra bir paytlar „Opa-singillar Williams“ deb atalgan[4][5].

2017-yilda u son qismidagi jarohat tufayli safdan chiqqan. Black GoFundMedan foydalangan holda jarrohlik uchun zarur boʻlgan 40 000 dollarni muvaffaqiyatli toʻplagan[6]. Uning davradagi soʻnggi oʻyini 2017-yilning mart oyida boʻlib oʻtgan.

Intervyular tahrir

"Meni eng qoʻrqitadigan narsa, agar sonimni koʻproq shikastlasam, ular buni tuzata olmaydilar" — deb OAVlarga koʻp marta intervyular bergan.

Ayni paytda, Black kunlarini dars berish bilan, dam olish kunlari esa shogirdlarining turnirlarda oʻynashini tomosha qilish bilan oʻtkazmoqda. U mashgʻulotdan soʻng singlisini olib ketish uchun Florida shtatining Bointon-Beach shahriga boradi va ular oʻzining Deerfild sohilidagi kvartirasiga qaytadilar. U yerda Alicia Black odatda kechki ovqat qiladi, soʻngra ogʻriqli noqulaylikdan uxlab qolishga harakat qiladi.

ITF finalidagi faoliyat statisttikasi tahrir

Yakkalik: 3 (2 ta unvon, 1 ikkinchi oʻrin) tahrir

Turnir
100 000 dollarlik turnirlar
75 000 dollarlik turnirlar
50 000 dollarlik turnirlar
25 000 dollarlik turnirlar
10 000 dollarlik turnirlar
Maydon turi final
Qattiq (1-0)
Loy (1-1)
Maysa (0-0)
Gilam (0-0)
Natija Sana Turnir Maydon Raqib Hisob
Magʻlubiyat 2012 ITF Buffalo, AQSH Tuproqli maydon Jamie Loeb 6-7 (5), 2-6
Gʻalaba 2013 ITF Ameliya oroli, AQSH Tuproqli maydon Alexandra Mueller 4-6, 6-0, 6-0
Gʻalaba 2014 ITF Evansvill, AQSH Tuproqli maydon Caitlin Whoriskey 6-4, 4-6, 6-2

Juftliklar: 1 (ikkinchi oʻrin) tahrir

Turnir
100 000 dollarlik turnirlar
75 000 dollarlik turnirlar
50 000 dollarlik turnirlar
25 000 dollarlik turnirlar
10 000 dollarlik turnirlar
Maydon
Qattiq (0-1)
Loy (0-0)
Maysa (0-0)
Chim (0-0)
Natija Sana Turnir Maydon turi Hamkor Raqiblar Hisob
Magʻlubiyat 2015-yil 6-iyun ITF Manzanillo, Meksika Tuproqli maydon Dasha Ivanova Carolina Betancourt

Steffi Carruthers

3-6, 3-6

Katta dubulgʻa turkumidagi oʻsmirlar oʻrtasidagi turnir finali tahrir

Natija Yil Chempionat Maydon turi Raqib Hisob
Ikkinchi oʻrin egasi 2013 US Open Tuproqli maydon Ana Konjuh 6-3, 4-6, 6-7 (6-8)

Manbalar tahrir

  1. „Konjuh outlasts Black to win girls' singles title“. US Open (8-sentabr 2013-yil). 28-fevral 2014-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 23-fevral 2014-yil.
  2. Harwitt. „Coric and Konjuh secure US Open titles“. International Tennis Federation (8-sentabr 2013-yil). Qaraldi: 23-fevral 2014-yil.
  3. „Jovanovski blows past Tornado Black“. kora.com (25-fevral 2014-yil). 5-mart 2014-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 30-iyul 2022-yil.
  4. Isaacson. „Greatness in forecast for Tornado Black“. ESPN (18-sentabr 2013-yil). Qaraldi: 23-fevral 2014-yil.
  5. Kussoy. „Tornado, Hurricane could be next Serena, Venus“. New York Post (4-sentabr 2013-yil). Qaraldi: 23-fevral 2014-yil.
  6. „Alicia "Tornado" Black hip surgery, organized by Alicia Black“.

Havolalar tahrir